95 siy quroli nutq bo‘lgan har qanday odam uchun sifatli ovoz hal
qiluvchi ahamiyatga molikdir.
109-mashq. Parchani o‘qing. Qahramonning ayrim tovushlar talaffu-
zidagi nuqsonlariga e’tibor bering, tovushni aniq talaffuz
qilish zaruriyati haqida fikrlashing.
Qachondir uning ismi bo‘lsa bo‘lgandir. Biroq mahallada hech kim
uning otini bilmaydi. Hamma Shayx deb chaqiradi...
Jamiki to‘y, jamiki ma’raka Shayxsiz o‘tmaydi. Uning o‘z vazifasi bor:
samo
var qo‘yadi. Xotinoshida mahalla otini, nikoh-u bazmlarda to‘yboshi
erkak
lar Shayxning xizmatiga muhtoj.
–
Shayx, to‘rt choynak choy!..
–
Hozir...
Shayx g‘alati gapiradi, «z»ni aytolmaydi, «dz» deydi, «s» deyolmaydi,
allaqanday «ts» qilib aytadi.
–
Shayx, tezroq! Nozik mehmonlar kelib qoldi.
Shayx shoshilmaydi. Ishini bilib qiladi.
– Tsekin. Nodzik bo‘tsa, o‘dziga, – deydi iljayib. (O‘. Hoshimov) 110-mashq. Matnni o‘qing. Unda ifodalangan fikrlar atrofida mulo-
hazala ringizni o‘rtoqlashing.
Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past,
talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta
olmagan. Keyinroq Demosfen nutq texnikasi asoslarini egallashga juda
jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini rivojlan-
tirish, diksiya, deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzida-
gi nuqsonlar, «r» tovushini aytolmaslik, ba’zi tovushlarni noaniq aytish
kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga mayda toshlarni solib, she’rlar,
turli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi. Ovozini rivojlantirish, ovoz
apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib
tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni deklamatsiya qiladi. De-
mosfen gapirayotganda, bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish
uchun yerto‘lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo‘yib, yelkasini
xanjarning ayni uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana
shunday mashaqqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning
yuksak cho‘qqisini zabt etgan. (S. Inomxo‘jayev)