99 Xazina Bir bog‘bondan ikki yalqov o‘g‘il qolibdi. «Kambag‘allik qursin, o‘g‘il-
larimga arzigulik meros qoldirolmay dunyodan o‘tyapman» deb, tashvish
tortadigan bo‘libdi ota umr adog‘ida.
Bog‘bon bisotidagi kichkinagina bog‘ini ikki o‘g‘liga bo‘lib beribdi.
– Esim qursin, – depti ota jon berish oldidan, – sal bo‘lmasa,
unutayozgan ekanman. Qaysidir bir tokning tagiga xazina ko‘mgandim...
Ota qazo qilgach, ikki noshud o‘g‘il tok tagiga ko‘milgan xazinani
axta
rishga tushishdi. Tagi ag‘darilmagan birorta tok qolmadi. O‘g‘illardan
biri toklarning ildizigacha qo‘porib tashladi. Lekin xazinani topolmadi.
Ikkinchi o‘g‘ilning aqli bir qadar butunroq ekan, toklarning ildiziga
zarar yet
kazmay, tokzorni birma-bir ag‘darib chiqdi. Biroq u ham ota
ko‘mgan xazinani topolmadi. Ammo yozga chiqib, tokzor shunday hosil
berdiki, bargidan uzumi ko‘p, g‘uj-g‘uj... yegan va sotgan bilan ado qilib
bo‘lmadi.
O‘g‘illardan biri barmoq tishlasa, ikkinchisi bol yedi. Ana shundan
so‘nggina ular dono ota «ko‘mib qoldirgan» xazina ma’nosini tushunishdi.
«Xazina
ning kaliti o‘zimizda ekan» degan xulosaga kelishdi ikki o‘g‘lon.
(Y. Muqimov) Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Labi labiga tegmaydi Juda tez va ko‘p gapirmoq.
Labini tishlamoq Kutilmagan hodisaga duch kelib, nima deyishini
bilmay qolmoq. O‘xshashi: tilini tishlamoq. 1. Ohangning shakllanishida nimalar ishtirok etadi?
2. So‘z urg‘usi haqida gapiring.
3. Gap urg‘usi va uning gapdagi o‘rnini tushuntiring.
4. Nutq oqimidagi to‘xtam (pauza) haqida so‘zlang.
5. Gapning mazmuniy-hissiy turlariga xos ohang haqida gapiring.
116-mashq. Urg‘u va uning turlari hamda ularning nutqdagi ahamiyati
haqida yozma matn tuzing.