Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88
Ona tili 11 sinf

99
Xazina
Bir bog‘bondan ikki yalqov o‘g‘il qolibdi. «Kambag‘allik qursin, o‘g‘il-
larimga arzigulik meros qoldirolmay dunyodan o‘tyapman» deb, tashvish 
tortadigan bo‘libdi ota umr adog‘ida.
Bog‘bon bisotidagi kichkinagina bog‘ini ikki o‘g‘liga bo‘lib beribdi.
– Esim qursin, – depti ota jon berish oldidan, – sal bo‘lmasa, 
unutayozgan ekanman. Qaysidir bir tokning tagiga xazina ko‘mgandim...
Ota qazo qilgach, ikki noshud o‘g‘il tok tagiga ko‘milgan xazinani 
axta 
rishga tushishdi. Tagi ag‘darilmagan birorta tok qolmadi. O‘g‘illardan 
biri toklarning ildizigacha qo‘porib tashladi. Lekin xazinani topolmadi. 
Ikkinchi o‘g‘ilning aqli bir qadar butunroq ekan, toklarning ildiziga 
zarar yet 
kazmay, tokzorni birma-bir ag‘darib chiqdi. Biroq u ham ota 
ko‘mgan xazinani topolmadi. Ammo yozga chiqib, tokzor shunday hosil 
berdiki, bargidan uzumi ko‘p, g‘uj-g‘uj... yegan va sotgan bilan ado qilib 
bo‘lmadi.
O‘g‘illardan biri barmoq tishlasa, ikkinchisi bol yedi. Ana shundan 
so‘nggina ular dono ota «ko‘mib qoldirgan» xazina ma’nosini tushunishdi. 
«Xazina 
ning kaliti o‘zimizda ekan» degan xulosaga kelishdi ikki o‘g‘lon. 
(Y. Muqimov) 
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik 
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular 
ishtirokida gaplar tuzing.
Labi labiga tegmaydi
Juda tez va ko‘p gapirmoq.
Labini tishlamoq
Kutilmagan hodisaga duch kelib, nima deyishini 
bilmay qolmoq. O‘xshashi: 
tilini tishlamoq.
1. Ohangning shakllanishida nimalar ishtirok etadi?
2. So‘z urg‘usi haqida gapiring.
3. Gap urg‘usi va uning gapdagi o‘rnini tushuntiring.
4. Nutq oqimidagi to‘xtam (pauza) haqida so‘zlang.
5. Gapning mazmuniy-hissiy turlariga xos ohang haqida gapiring.
116-mashq.
Urg‘u va uning turlari hamda ularning nutqdagi ahamiyati 
haqida yozma matn tuzing.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin