100 Ish qOg‘OzLArI usTIDA IshLAsh. BAyONNOmA 1-topshiriq. Matnni o‘qing. Unda ifodalangan fikrlar atrofida o‘z mu-
lohazalaringizni bildiring.
O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim
va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat
tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha aso-
siy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur.
Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman, faoliyati
ish qog‘ozlarini tuzish bilan bog‘liq kishi o‘zbek tilining imlosini, tinish
belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan bo‘lishi kerak. Busiz bugungi
taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va teran mantiqli
hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, boshqaruv
sohasidagi xizmatchilar o‘z ish vaqtlarining 80 foizgacha qismini hujjat-
lashtirish ishiga sarflar ekan. Ular o‘zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi
xabardor bo‘lmasa, ish vaqtlarining hammasini – 100 foizini bu ishga
sarflaganlarida ham, ijobiy natijaga erishish qiyin. («Ish yuritish» kitobi) 2-topshiriq. Berilgan parchani o‘qing, hujjat matniga qo‘yiladigan aso-
siy talablar haqida fikrlashing va ularni esda saqlang.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi
talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan
hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga
xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy
to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi,
undagi o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali
ta’min etiladi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l
bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin
so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni «harakat nomi» deb ataluvchi so‘z shakllari
faol ishlatiladi: «...tayyorgarlikning borishi haqida», «...qarorning bajarilishi to‘g‘risida», «...yordam berish maqsadida», «...qabul qilishingizni so‘rayman»
kabi.
101 Fe’l shakllarining qo‘llanishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud.
Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgan
(yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo‘llanish darajasi ancha
yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin, eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabi. («Ish yuritish» kitobi)