Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88
Ona tili 11 sinf

 
113-mashq. 
So‘z va gap urg‘usi hamda to‘xtam qoidalariga rioya 
qilgan holda she’rni o‘qing. Unda ifodalangan fikrlarni 
nasriy ba 
yon qilishga harakat qiling va ularga o‘z mu-
nosabatingizni bil diring.


98
«maqollar kitobi»
Eltib sizni g‘aroyib
Yurtga ukajonlarim,
Ko‘rsataman u joyning
Qiziq qush, hayvonlarin.
Bunaqasin ko‘rmaysiz
Hech bitta zooparkda.
Bu yerda: hatto shohning
Ishqi tushgan qurbaqa;
Yaxshi so‘zga inidan
Chiqadigan ilonlar;
Sira bosgan izidan
Qaytmaydigan arslonlar;
Inga sig‘mas dumiga
G‘alvir bog‘lagan sichqon;
Bolasin botirim deb,
Alqagan qo‘rqoq quyon;
Do‘stlardan ayrilganni
Yeydigan ayiqlar bor;
Changi chiqsa ham, dong‘i
Chiqmaydigan yolg‘iz ot...
Yana ko‘p-u, lekin men
Tugataman so‘zimni.
Endi ko‘rib olasiz
Qolganini o‘zingiz.
(Dilshod Rajab)
114-mashq.
Matnni gaplarning turlariga muvofiq intonatsiya bilan 
o‘qing. Matn mazmunidan kelib chiqadigan ibratli xulosa 
yuzasidan mulohazalaringizni o‘rtoqlashing.
Biri ikki bo‘lmagan
Qadimda ikki aka-uka bo‘lgan ekan. Ikkalasi harchand uringani bilan 
ishi yurishmas, omadi chopmas ekan. Kunlardan birida aka-ukalar do-
nishmand huzuriga borib, maslahat so‘rabdi:
– Shuncha harakat qilsak ham, birimiz ikki bo‘lmaydi. Nima qilaylik?
Donishmand aytibdi:
– Ikkovlaring inoqmisan? Faqat to‘g‘risini gapir!
Aka-ukalar noahil ekanini tan olibdi.
– Ey nodon! – debdi donishmand. – Ikkisi bir bo‘lmaganning qandoq 
qilib biri ikki bo‘lsin?! (O‘. Hoshimov)
115-mashq.
Matnni undagi gaplarning mazmuniga mos ohang bilan 
o‘qing, so‘z va gap urg‘ularini to‘g‘ri belgilang. Rivoyatdan 
kelib chiqa 
digan ibratli xulosa haqida fikrlaringizni bayon 
qiling.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin