Ona tili-11 sinf indd


siy quroli nutq bo‘lgan har qanday odam uchun sifatli ovoz hal  qiluvchi ahamiyatga molikdir. 109-mashq



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
Ona tili 11 sinf

95
siy quroli nutq bo‘lgan har qanday odam uchun sifatli ovoz hal 
qiluvchi ahamiyatga molikdir.
109-mashq. 
Parchani o‘qing. Qahramonning ayrim tovushlar talaffu-
zidagi nuqsonlariga e’tibor bering, tovushni aniq talaffuz 
qilish zaruriyati haqida fikrlashing.
Qachondir uning ismi bo‘lsa bo‘lgandir. Biroq mahallada hech kim 
uning otini bilmaydi. Hamma Shayx deb chaqiradi...
Jamiki to‘y, jamiki ma’raka Shayxsiz o‘tmaydi. Uning o‘z vazifasi bor: 
samo 
var qo‘yadi. Xotinoshida mahalla otini, nikoh-u bazmlarda to‘yboshi 
erkak 
lar Shayxning xizmatiga muhtoj.
– 
Shayx, to‘rt choynak choy!..
– 
Hozir...
Shayx g‘alati gapiradi, «z»ni aytolmaydi, «dz» deydi, «s» deyolmaydi, 
allaqanday «ts» qilib aytadi.
– 
Shayx, tezroq! Nozik mehmonlar kelib qoldi.
Shayx shoshilmaydi. Ishini bilib qiladi.
– Tsekin. Nodzik bo‘tsa, o‘dziga, – deydi iljayib. (O‘. Hoshimov)
110-mashq.
Matnni o‘qing. Unda ifodalangan fikrlar atrofida mulo-
hazala ringizni o‘rtoqlashing.
Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past, 
talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta 
olmagan. Keyinroq Demosfen nutq texnikasi asoslarini egallashga juda 
jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini rivojlan-
tirish, diksiya, deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzida-
gi nuqsonlar, «r» tovushini aytolmaslik, ba’zi tovushlarni noaniq aytish 
kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga mayda toshlarni solib, she’rlar, 
turli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi. Ovozini rivojlantirish, ovoz 
apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib 
tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni deklamatsiya qiladi. De-
mosfen gapirayotganda, bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish 
uchun yerto‘lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo‘yib, yelkasini 
xanjarning ayni uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana 
shunday mashaqqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning 
yuksak cho‘qqisini zabt etgan. (S. Inomxo‘jayev)



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin