Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Ona tili 11 sinf

TAKrOrLAsh
 
savol va topshiriqlar
1. Madaniy nutq deganda nimani tushunasiz?
2. Nutq madaniyati terminini izohlang.
3. Nutqning aniqligi qanday mezonlar bilan belgilanadi?


105
4. 
Nutqning qaysi sifati nutq madaniyati haqidagi ta’limotning 
markaziy masalasi hisoblanadi?
5.
 Madaniy nutqning qaysi sifati bo‘lmasa, uning boshqa kommu-
nikativ sifatlari yuzaga kelmaydi? 
6. Til birliklari va adabiy me’yor munosabatini tushuntiring.
7. 
Qaysi nutq shaklida muayyan estetik maqsad bilan adabiy til 
me’yorlaridan chekinish mumkin?
8. Nutq mantiqiyligining asosi nima?
9. Matn bog‘liligining uch jihatini izohlang.
10. Nutqning qaysi sifati nutqning rang-barangligi tarzida ham
talqin etiladi?
11. Nutq texnikasi haqida nimalarni bilasiz?
12. Urg‘u va to‘xtamning nutq madaniyligini ta’minlashdagi ishtiroki 
haqida nima deya olasiz?
117-mashq.
Berilgan gaplarda qo‘llangan sheva unsurlarining badiiy 
vazifasini tushuntiring.
1. Sen meni boshimdi aylantirma, – deya muallimning gapini cho‘rt 
kesdi u. 2. Qishloqdi dunyo tanidi nima, tanimadi nima? 3. Birov kelib 
qur 
baqa bosgan qudug‘imga toza suv quyib beraymidi? 4. Yo ulimdi mu-
sobaqaga yuborganim uchun menga bir so‘m beraymidi? 5. Shohmotning 
ketidan kim boyib ketdi o‘zi, a, kim? 6. Bizdi andi deb o‘ylayotgan 
bo‘lsang, adashasan! (Zulfiya Qurolboy qizi)
118-mashq.
Matnni o‘qing. Uning mantiqiyligi va kompozitsiyasiga 
diqqat qiling. Kirish, asosiy qism va xulosa o‘rtasidagi 
mazmuniy muvofiqlikni aniqlang.
 
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g‘o‘r edi, bola go‘dak edi... 
Kunlarning birida ona-bola uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo‘lish-
di. Ona qaddini g‘oz tutib, tez-tez yurib borar, bola esa alang-jalang 
qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi. Qishloq guzarida yarmini 
yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko‘rib 
angrayib qoldi: chinorning tarvaqaylab o‘sgan shoxida supradek kattakon 
uya qorayib ko‘rinar, uyada esa oyog‘i, tumshug‘i uzun bir qush turar edi.
Bola mo‘jiza ko‘rgandek taqqa to‘xtab qoldi.


106
Anavi nima, oyi? – dedi o‘sha tomondan ko‘z uzmay.
– Laylak, o‘g‘lim, laylak! – ona o‘g‘lining boshini silab qo‘ydi. 
Bola hech qachon bunaqa qushni ko‘rmagan edi. Qush negadir bir 
oyoqlab turardi. U yana to‘xtab qoldi.
– Nima u, oyi? – dedi tag‘in chinor uchiga ko‘z tikib.
– Laylak, o‘g‘lim, laylak.
– Nimaga bir oyoqda turibdi?
Ona kuldi: – Bir oyog‘i charchagandir-da. Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko‘rmagan edi. Qush negadir bo‘yni-
ni cho‘zib tumshug‘ini osmonga qaratib silkitar, shunda «tarak-tarak» 
degan ovoz eshitilardi.
Bola tag‘in to‘xtab qoldi.
– Nima o‘zi u, oyi?
Uning ko‘zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib tu-
rardi. Mingta yumushi bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak.
– Laylak dedim-ku, jinnivoy, – deb ohista egilib, o‘g‘lining yuzidan 
o‘pdi. – Senga salom beryapti-da.
... Oradan o‘ttiz besh yil o‘tdi. Bola yigit bo‘ldi. Ona keksayib qoldi. 
Oyog‘idan mador, ko‘zidan nur ketdi.
Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o‘sha qishloqqa borib qoldilar. 
Yi 
git qaddini g‘oz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, 
og‘ir-og‘ir ko‘tarib bosgancha harsillab kelardi. Buni qarangki, chinorning 
tarvaqaylab o‘sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko‘rinar, 
uyada esa oyog‘i, tumshug‘i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab 
qo‘ydi-yu qadamini tezlatdi. Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan 
ko‘zlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda 
osilib turgan narsa ko‘ziga g‘alati ko‘rindi.
– Anavi nima, o‘g‘lim? – dedi to‘xtab.
– Laylak, oyi, laylak!
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to‘rt qadam yurib yana to‘xtab qoldi. 
Savatdek narsa ichida bir nima oqarib ko‘rinyapti. Qiziq...
– Nima, o‘g‘lim? – dedi ko‘zlarini pirpiratib. 
O‘g‘il taqqa to‘xtadi. G‘ashi keldi. O‘zi shoshib turibdi: mingta ishi 
bor! Odam qariganidan keyin ezma bo‘lib qolarkan-da!
– Laylak! – dedi jerkib. – Laylak deyapman-ku, karmisiz!
Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, 
yigit navqiron. Uning yumushi ko‘p. Hali shaharga qaytishi kerak… 
Uning g‘o‘r, go‘dak bolalari bor… (O‘. Hoshimov)



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin