103
f) «qaror qilindi».
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa).
11. Imzolar.
Majlis bayonnomasi kirish va asosiy qismdan iborat bo‘lib, kirish qis-
mi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib,
ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi.
Har qaysi masala alo-
hida satrdan yoziladi. Ularning o‘zaro tartibi masalaning dolzarbligi va
muhimligiga qarab belgilanadi. Majlis
bayonnomasida KUN TARTIBIni
bosh kelishikda ifodalash va katta harflar bilan yozish kerak.
Matning asosiy qismi kun tartibi masalalariga muvofiq joylashadi. Har
bir bo‘lim uch qismdan iborat bo‘ladi: ESHITILDI, SO‘ZGA
CHIQDI-
LAR, QAROR QILINDI.
«ESHITILDI» qismida tegishli masala bo‘yicha ma’ruzachining gaplari
beriladi.
«SO‘ZGA CHIQDILAR» birikmasi ham aynan shu shaklda yoziladi.
Zaruriyat bo‘lganda, qavs ichida har bir so‘zlovchining
ish joyi va la-
vozimi ko‘rsatiladi. Majlisda berilgan savollar ham bayonnomada yoziladi.
Matnning uchinchi qismida muhokama etilgan masala bo‘yicha qaror
qabul qilinadi. «QAROR QILINDI» birikmasi
ham bosh harflar bilan
yoziladi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohida «ESHITIL-
DI», «SO‘ZGA CHIQDILAR», «QAROR QILINDI» sarlavhalari qo‘yiladi
va so‘zlovchilar nutqining qisqacha mazmuni,
qabul qilingan qaror ras-
miylashtiriladi.
(«Ish yuritish» kitobi)
Dostları ilə paylaş: