7
yuz berayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy yangilanishlar tili-
mizning lug‘at boyligida namoyon bo‘lmoqda, bunday o‘zgarishlar
tili
mizni yangi tushuncha va tasavvurlar bilan, ularni ifodalashga
xizmat qiluvchi yangi so‘zlar bilan boyitib bormoqda.
Bugun mustaqillik bois paydo bo‘layotgan
yangi-yangi tu-
shunchalarni ifodalash uchun, avvalo, o‘zbek tilining o‘z ichki
imkoniyatlari to‘laligicha ishga solinmoqda, xusu
san, yangi so‘zlar
yasalmoqda (masalan,
dasturchi, ahdnoma, kafolatnoma; idoralar-
aro, hukumatlar
aro, davlatlararo; nodavlat, nohukumat, notijorat, no-
moddiy; mahalliylashtirish, kompyuterlashtirish, modellashtirish kabi);
eskirgan deb qaralgan so‘zlar
qaytadan tilga olib kirilmoqda (ma-
salan,
ma’naviyat, millatparvar, qadriyat, jarroh, matbaa, muallif,
munaqqid, tashxis, tijorat kabi); til tabiatiga uyg‘un tarzda ular-
ga yangi ma’nolar yuklanmoqda (masalan,
vazir, viloyat, tuman,
hokim, zobit kabi); umrini yashab bo‘lgan tushunchalarni ifodalov-
chi so‘zlar nofaol zaxiradan joy olmoqda (masalan,
kolxoz, sovxoz,
ateist kabi). Ilgari salbiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar davr
taqozosiga ko‘ra ijobiy bo‘yoq kasb etmoqda (masalan,
biznes,
biznesmen, millioner, savdo
gar, fermer, janob, kapital, parlament,
firma kabi). Zaruriy holatlarda esa xorijiy
tillardan boshqa til vo-
sitachiligida emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri va me’yorga amal qilgan
holda so‘zlar o‘zlashtirilmoqda.
Mamlakatimizda tamoman yangi ijtimoiy-siyosiy tuzumning bar-
po etilishi, bozor iqtisodi munosabatlarining qaror topishi, yangicha
moliya-kredit tizimining paydo bo‘lishi, fan va ta’lim sohasida-
gi
tub islohotlar, yangi texnika va texnologiyalar
ning rivoj
lanishi,
barcha sohalardagi xalqaro aloqalarning mislsiz ko‘lam kasb eti-
shi va boshqa ko‘plab o‘zgarishlar xorijiy so‘zlarning o‘zbek tiliga
o‘zlashtirilishiga tabiiy ra
vishda yo‘l ochdi. Bugun o‘zbek tiliga
kirib kelgan, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, moli-
ya-iqtisod, siyosat, ta’lim va madaniyatga oid o‘zlashmalar yuzlab
emas, balki minglab degan o‘lchovlar bilan o‘lchanadi, ular keng
omma nutqidan deyarli joy olib bo‘ldi (masalan,
audiovizual, an-
titerror, bakalavr, bankomat, barter, birja, bri
fing, gimnaziya, diler,
investitsiya, investor, internet, kredit, litsey, magistr, monitoring, mul-
timedia, reyting, sertifikat kabi).
8
Ana shu tarzda mustaqillik davrida tilimizning lug‘at boyligi
tarkibida jiddiy taraqqiyot yuz bermoqda.
Tilimizdagi mavjud nutqiy uslublar me’yorlarining barqarorlash-
ganligi ham (Siz buni oldingi sinflardan yaxshi bilasiz) o‘zbek tili
taraqqiyotining yuksakligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: