Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Ona tili 11 sinf

3-mashq.
 
Matnni o‘qib, undagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildi-
ring. O‘zbek tilining taraqqiyoti haqida bilganlaringizni 
yozing. 
Til – inson aqliy, ruhiy va amaliy faoliyatining quroli va harakatlan-
tiruvchi kuchi, bu faoliyat natijasi sifatidagi tajribalarning jamlovchisi va 
saqlovchisi, kishilar o‘rtasidagi, ajdod va avlod orasidagi bilim-u axborot 
«oldi-berdisi»ning timsolsiz ta’minlovchisi. U yo‘qolsa, tamaddun tugaydi, 
u salomat bo‘lmasa, millat sochilib ketadi. Shuning uchun esi o‘zida 
xalq, erki o‘zida davlat til muhofazasini muhtasham maqsad deb biladi
uni taraqqiy qildirish qayg‘usini bir on unutmaydi.
Mustaqil O‘zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o‘zbek 
tilining muhofazasi va taraqqiyoti uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. 
Chorak asrdan oshdiki, o‘zbek tili davlat tili sifatida o‘ttiz ikki milliondan 
ortiq nufusning nufuzli tili maqomida rivoj topib bormoqda.
O‘zbek tili istiqlol bois misli ko‘rilmagan taraqqiyot yo‘lidan bormoq-
da, jamiyati 
mizning tubdan yangilanishi, ko‘lamli islohotlar tilimizning 
yanada boyishiga omil bo‘lmoqda. Shu bilan birga, dunyo miqyosida 
yuz berayotgan o‘zgarishlarning ta’siridan ham tilimiz tashqarida emas, 
muayyan bir jamiyat yoki xalq doirasidagina emas, balki bugungi global-
lashuv zamonida jamiyatlar va xalqlar hayotida minglab yangidan yangi 


10
tushuncha-tasavvurlar paydo bo‘lmoqda va ular hech qanday to‘siqni 
pisand qilmay, sur’at bilan dunyoning turli burchaklariga yetib bormoqda. 
Dunyoning qaysi bir burchidagi til bo‘lmasin, uning lug‘at tarkibi mahal-
liy, mintaqaviy va global miqyoslardagi ana shunday turfa o‘zgarishlarga 
muvofiq ravishda kengayib, muntazam o‘zgarib bormoqda va bu, albatta, 
tabiiy bir holatdir. So‘nggi paytlarda, olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 
insoniyat tasarrufidagi bilimlar hajmi har o‘n yilda ikki barobarga ortib 
bormoqda va bu holat ham til lug‘at tarkibining jadal sur’atlar bilan 
boyib borishiga olib kelmoqda. 
Ma’lumki, tilning taraqqiyoti uning lug‘at boyligida, bu boylik-
ning ko‘payishi, so‘zlar ma’no tarkibining ko‘lamdorlik kasb etishi-
da, muayyan morfologik va sintaktik shakllarning rang-barang 
lashishi 
hamda me’yorlashishi kabi bir qancha jarayonlarda namoyon bo‘ladi. 
(N. Mahmudov)

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin