16
mADANIy NuTq VA uNI
shAKLLANTIruVChI AsOsIy sIfATLAr
1-topshiriq.
Atoqli tilshunos Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z»
kitobidan olingan parchani o‘qing. Nutq rang-baranligining
tinglovchiga ta’siri haqida fikrlashing.
Tilda bir narsaning o‘zini turlicha atash imkoniyati ham ko‘pdir. Bun-
da ma’nodosh so‘zlardan, so‘zlarning ko‘p ma’noliligidan va yangi so‘z
yasash
imkoniyatlaridan foydala
niladi. Turlicha ta’bir birikma, gap, fasl,
bob va kitob doirasida ham amalga oshiriladi va bu bilan san’atning
muhim asoslaridan biri bo‘lmish turlilik, rang-baranglik vujudga keladi.
San’atga zavqi bor kishi tilning mazkur
imkoniyatlaridan foydalanib,
o‘z nutqiga yoki adabiy asariga badiiylik, eshituvchi yoki o‘quvchiga laz-
zat bag‘ishlaydi.
2-topshiriq.
O‘zbek shoiri Sayfi Saroyining berilgan baytidagi so‘zning
o‘rnini bilish haqidagi fikriga munosabat bildiring.
Oqil o‘z so‘zin o‘rnida so‘zlagay
Ham javobini munosib ko‘zlagay.
Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiy
holatni tinglovchi (o‘quvchi)ga
yetkazish, shu yo‘l bilan unga ta’sir
qilishdan iborat. Ammo nutq bunday ta’sir quvvatiga ega bo‘l
ishi
uchun, albatta, madaniylik talablariga javob berishi zarur. Buning
uchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar mavjud bo‘lishi kerak.
Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan
kommunikativ sifatlar bir
qan
cha bo‘lib, ularning asosiylari qatorida quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik,
ifodalilik, boylik, soflik,
jo‘yalilik.
Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujas-
samlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Mazkur sifatlarga bog‘liq
holatda nutq madaniyatining
ikki bosqichi farqlanadi, ya’ni nutqda
to‘g‘rilik sifatining mavjudligi nutq madaniyatining
birinchi bosqichi
hisoblanadi, nutqda qolgan boshqa sifatlarni ham mujassamlashtirish
esa nutq madaniyatining ikkinchi – oliy bosqichi sanaladi.