20
Siz bilasizki, adabiy me’yor til unsurlaridan
til qonuniyatlariga
uyg‘un, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan
ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an’anaga muvofiq holda foydalanish
qoidalari bo‘lib, o‘zbek adabiy tilida quyidagi me’yorlar farqlanadi:
1) leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlar; 2) talaffuz me’yorlari; 3) so‘z
yasalishi me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar;
6) uslubiy me’yorlar.
Adabiy til me’yorlarining odatdagi nutqda buzilishi nutqning
noto‘g‘ri tuzilishiga olib keladi. Ammo badiiy adabiyotda muayyan
estetik maq sad bilan adabiy til me’yorlaridan
chekinish holatlari ham
kuzatiladi va ular badiiylik uchun xizmat qiladi. Masalan, o‘zbek
tilidagi grammatik me’yorlarga ko‘ra, ega shaxs bo‘lmasa, u ko‘plik
sonda bo‘lsa-da, kesim ko‘plik qo‘shimchasini olmaydi. Ammo ba-
diiy asarda tasvirga erka bir ohang berish maqsadi bilan mahoratli
ijodkor Abdulla Qodiriy
Bu xabarni eshituvchi – Kumushbibining
qora ko‘zlari jiq yoshga to‘lib, kipriklari yosh bilan belandilar tar-
zidagi go‘zal jumlani tuzadi.
Dostları ilə paylaş: