24
1. Xalq tarixini o‘rganishi lozim bo‘lgan ilmgoh, asosan, Xolidiyning
xiz matini o‘tash bilan mashg‘ul edi.
(Tohir Malik) 2.
Nomini tutib baloga
qolmaylig-u, poytaxtdagi nufuzli, ko‘chadan kelgan har qanday odam ikki
dunyoda ham ostonasiga qadam bosolmaydigan
bir bilimgohning yil sayin
qabul hay’atida bakovullik qiladigan yo‘g‘on domlasi qanaqa davron surishi
mumkin – tasavvur qilib olavering.
(Erkin A’zam) 3. Aytishlaricha, bir
havaskor muxbir nohiya ro‘znomasiga
maqola yozib olib borgan emish,
muharrir ko‘rib: «Xo‘sh, nima, Dneproges qurilibdimi, bu haqda butun
boshli maqola chiqarsak?!»
(Asqad Muxtor) 4. Bo‘sh
vaqt bermas jarida
ham noshirlikning ishi ko‘p.
(E. Vohidov)
24-mashq.
Tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling, ular ifoda-
layotgan ohang va mazmunni izohlang.
1.
Bozorqul aka, nima bo‘ldi? – dedi ko‘ziga tikilib. – Hech gap
yo‘q... Hech... Hech... hech nima bo‘lgani yo‘q, – dedi tutilib.
(Asqad
Muxtor) 2. Yo‘q, yo‘q, nega, bezak, bezak! Buni endi hamma shun-
day biladi.
(Asqad Muxtor) 3. Xiylagina qizib qolgan «yubilyar» tuyqus-
dan stolni urib qichqirdi: «O‘v student!
Bas qilasanmi, yo‘qmi?!»
(Erkin
A’zam) 4. Ro‘molcha-a! Qani meni ro‘molcham?! Ro‘molchamni topib
ber, Dezdemona! – O‘zingni bos, Otello! Ro‘molchangni yaxshilab yuvib,
dazmollab qo‘yganman.
(Erkin A’zam)
25-mashq.
Berilgan gaplardagi tinish belgilari me’yorlariga
amal qilin-
magan o‘rinlarni aniqlang va ularga izoh bering.
1. Chol salmoqlab gap boshladi: – E, xotin o‘lmaydigan odam bormi?
(Said Ahmad) 2. Orif aka saratonning jazirama, kunlaridan birida, Er-
gashga bergan va’dasiga muvofiq, bog‘lardan xabar olgani Ko‘ykiga
chiqib
ketdi.
(Asqad Muxtor) 3. O‘zingiz xabar bermaysizmi ishqilib? – Matkari-
mov xezlanib o‘rnidan turib ketdi.
(Asqad Muxtor) 4. Kimingiz bo‘ladi,
bu xotin? – deb so‘radi dabdurustdan.
(Tohir Malik) 5. Yigitdan tayinli
javob ololmasligini bilsa ham yana so‘radi: – Kim telefon qilgandi? –
Bilmadim, mehmon kelibdi shekilli...
(Tohir Malik)