Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
Ona tili 11 sinf

25
26-mashq. 
Berilgan gaplarni hozirgi uslubiy me’yorlarga mos ravishda 
qay 
ta tuzing. Ular o‘rtasidagi farqli jihatlarni ayting.
1. Sohibqiron hayratda anchagacha so‘z topolmay, bu vayrona ichidagi 
nuroniy qariyalarga qarab uzoq turdilar, – ul sizningdur, biz olmay-
miz... Illo, bizga ash’oridin aytsin. 2. Aytmaydur, – deyishdi chollar. – 
Qo‘rg‘onimiz atrofida yer quchib nigun bo‘lgan yarim elatimiz hurmati, 
hozir Olloh aning dilig‘a hikmat kalomini solmag‘ay... 3. Norasidani 
ko‘rdingmu? – dedilar Sohibqiron bosh ko‘tarmay. 4. Alar dunyo ishlari 
ila tamom band. Men alarga ilohiy sehriyat borligini eslatib, dillarini ti-
kanak sim yanglig‘ chirmagan dunyo ishlaridin sal chalg‘itishga urunamen. 
5. Dayrda ko‘p savob-u gunoh ishlarni qildik. Har neki bo‘lsa, Ollohning 
madadi, bandasining tadbiri biladur. (Asqad Muxtor)
27-mashq.
Yozma nutqning to‘g‘riligiga ta’sir etayotgan o‘rinlarga 
diqqat qiling, so‘zlardagi imlo xatolarini aniqlang.
1. It beparvo, eshaklarga yondash ketyapti, goho uchgan qushlar ovozi-
ga diqqat qilib, shalpang quloqlarini dikkaytiradi, hamrohlariga ma’nodor 
qaraydi, so‘ng yana lo‘killab yo‘lida davom etadi. (Sh. Xolmirzayev) 
2. Hammasi tinch, salom deb yuborishdi... – dedi Rahim Saidov ma-
salaga qanday yondoshishni o‘ylar ekan. (O‘. Umarbekov) 3. Mahallada 
katta tayyorgarlik bilan o‘tqazilgan tadbirda keksa-yu yosh faol ishtirok 
etdi. (Gazetadan) Bahor kelishi bilan bog‘larda ko‘chat o‘tkazish ishlari 
avj oldi. (Gazetadan) 
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘a-
ti»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular 
ishtirokida gaplar tuzing.
Ko‘z ilg‘amas
I
Bilinar-bilinmas, mayda.
Ko‘z ilg‘amas II
Cheksiz, poyoni (oxiri) ko‘rinmaydigan. 
1. Adabiy tilning qanday shakllari bor?
2. O‘qituvchingiz yordamida til madaniyati va nutq madaniyati tu-
shunchalarini izohlang.


26
3. 
Yozma nutqning to‘g‘rilik sifati ta’minlanishi uchun qanday 
me’yorlarga amal qilinishi zarur?
4. Imlo me’yorlarining savodxonlikni ta’minlashdagi o‘rni haqida ni-
malarni bilasiz?
5. Tinish belgilari me’yorlarining nutqdagi o‘rnini izohlang.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin