Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
Ona tili 11 sinf

29
Ko‘ngliga qo‘l solmoq
Eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat 
qilmoq. Varianti: 
yuragiga qo‘l solmoq.
O‘xshashi: 
qo‘yniga qo‘l 
solmoq.
Ko‘nglida kiri yo‘q
Kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q, begidir. 
Varianti: 
yuragida kiri yo‘q.
O‘xshashi: 
ko‘ngli toza.
5-topshiriq.
So‘z qo‘llash, nutq tuzishda e’tiborlilik va nutq odobi 
haqida o‘nta xalq maqoli topib, daftaringizga yozing. 
Maqollarni yod oling.
NuTqNINg ANIqLIgI
 
1-topshiriq.
Surat – sur’at, toblanmoq – tovlanmoq, azm – azim, 
asr – asir juftliklaridagi so‘zlarning ma’nolariga izoh 
bering. 
2-topshiriq.
Berilgan gaplarda qaysi so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan 
nutq aniqligiga putur yetganligini aniqlang.
1. Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o‘rnatildi. 2. Korxonaga 
yangi zamonaviy texnika joriy etildi. 
Nutqning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq 
tarzda qo‘llanishi, so‘zning voqelikdagi o‘zi ifodalayotgan narsa-ho-
disa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ 
sifatdir.
Tavsiflanayotgan voqelikni yaxshi bilish, tildagi so‘z ma’nolarini 
yetarli anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash aniq nutq tuzish 
malaka 
sining shakllanishi uchun imkon beradi. 
So‘z ma’nosi, uning nozikliklarini yaxshi o‘zlashtirmasdan turib, 
aniq nutq tuzib bo‘lmaydi. Masalan, Avlodlar merosini o‘rganamiz 
jumlasida ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun avlod so‘zining leksik 
ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydi. Avlod so‘zi asli arabcha bo‘lib
(uning 
birlik shakli valad, ya’ni «bola» demakdir), o‘zbek tilida «bir 
ota-bobodan tarqalgan nasl», «bir davrda tug‘ilib o‘sgan kishilar» 


30
kabi ma’nolarga ega. Gap meros haqida ketar ekan, ajdod so‘zi 
qo‘llanishi lozim edi, chunki u ham asli arabcha bo‘lib, uning 
ma’nosi «ilgari o‘tgan nasl-nasab, ota-bobolar» demakdir. Shunga 
ko‘ra, mazkur jumla Ajdodlar merosini o‘rganamiz shaklida tuzi lishi 
kerak edi. Ko‘rinadiki, avlod so‘zi tildagi leksik ma’nosiga muvofiq 
tarzda qo‘llanmaganligi uchun nutqning aniqligiga putur yetgan.
Ayni paytda aniq nutq tuzishda shakldosh, ma’nodosh, ko‘p 
ma’noli so‘zlar, paronimlar, so‘zlarning uslubiy bo‘yog‘i kabilardagi 
ma’no o‘ziga xosliklarini yaxshi tasavvur qilmoq zarur. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin