32
zolar. Tabiiyki, bular orasida boshqa tillardan kirganlari ham bor.
Biroq
ularning barchasi – teng huquqli o‘zbek so‘zlari!
Mumtoz adabiyotda
ishq so‘zining o‘zi ikki xil ma’noni ifodalaydi.
Ishqi foniy – mahbubaga nisbatan sevgi.
Ishqi boqiy – Tangrining diy-
doriga yetish...
Bugungi kunimizga kelsak... Boshqa tillarda uchrashi mushkul bo‘lgan
g‘alati holatlarni ko‘ramiz.
Vatanga moyil bo‘lmoq degan ibora kulgili
tuyuladi.
Vatanni sevmoq deyiladi.
Ota-ona mehri, farzandning ota-onani
yaxshi ko‘rishi, farzand mehri deyiladi...
Shunday qilib,
yoqtirib qolmoq bilan
ko‘ngil bermoq, ko‘ngil bermoq
bilan
oshiq bo‘lmoq, oshiq bo‘lmoq bilan
sevmoq, sevmoq bilan
muhabbat,
muhabbat bilan
yaxshi ko‘rmoq, yaxshi ko‘rmoq bilan
mehr orasida uzoq
masofa bor...
Tilimiz naqadar rango-rang! Tilimiz naqadar boy!
(O‘. Hoshimov)
33-mashq.
Ma’nodosh va paronim so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan
nutq aniqligiga putur yetgan o‘rinlarni
aniqlang, ularni
muvofiq muqobillari bilan almashtiring.
1. Bilaman, uzoqning ishi qiyin. Lekin bir og‘iz mujda yuborish
shunchalar mushkul edimi?
(Murod Mansur) 2.
Boshqa shaxsning kechir-
malarini tushunish, o‘zingni uning o‘rnida his qilish masalasiga kelganda
esa fan buni inkor etmaydi.
(M. Nasibullin) 3. Keyin, Qo‘chqor aka,
bu
robotlar juda arzonga tushadi, yoqilg‘i kerak emas – batareyalardan
oziqlanadi.
(Sh. Boshbekov) 4. Juman bobo hamisha bitta gapni takror-
laydi: –
Meni shoshirmanglar, nevara-chevaralarimni narigi ming yillikka
o‘tqazib qo‘yay, ana undan keyin haydamasanglar ham o‘zim ketaman.
(Said Ahmad) 5. Sovuq terga botgan ona tun bo‘yi ingrab, behalovat
bo‘lib chiqdi. Nihoyat, u horg‘in ko‘z qobiqlarini ochdi.
(M. Nasibullin)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek
tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan paronim iboralarning izohlarini esda tuting.
Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Dostları ilə paylaş: