Ona tili-11 sinf indd


yetti uxlab tushiga kirmaslik



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88
Ona tili 11 sinf

yetti uxlab tushiga kirmaslik
Mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik.
yetti uxlab tushida ko‘rmaslik 
Hech qachon ko‘rmaslik.


33
yuragi tars yorilib ketayozdi 
Sabr-chidami tugab, xunob bo‘lib ketmoq.
yuragi qoq yorila yozdi
Sevinib, juda kuchli hayajonlanmoq.
1. Nutqning aniqlik sifatini tavsiflang.
2. Aniqlik sifatining muloqotdagi o‘rnini qanday baholaysiz?
3. Shakldosh so‘zlar va aniq nutq munosabati haqidagi fikrlaringizni 
bayon qiling.
4. 
Ma’nodosh so‘zlarning o‘ziga xosliklarini bilish zaruriyati haqida 
gapiring.
5. Nutqning aniqligi va uslubiy bo‘yoq munosabati haqida so‘zlang.
34-mashq.
Berilgan so‘zlarning ma’nolarini izohlang, ular 
ning biri 
o‘rnida ikkinchisini qo‘llash natijasida yuzaga keladigan 
noaniqliklarni ko‘rsatgan holda matn tuzing.
Tansiq – tanqis;
o‘qishli – o‘qimishli. 
NuTqNINg ANIqLIgI VA
BADIIy NuTq 
Topshiriq.
 
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qanday maqsad bilan 
nutqqa olib kirilganiga diqqat qiling.
1. Agar bu 
sovuq
so‘fi kirib kelgan bo‘lmasa, ikki yosh qizning qish 
bo‘yi to‘plangan ko‘ngil g‘ashliklari biroz sho‘xlik bilan ancha yozil-
gan bo‘lardi. 2. Siz, axir, men bilan bir 
shapaloq
yerni talashib, shu 
to‘g‘rida 
nari
-
beri
 
bo‘li
 
shib
, shu tufayli shaharga kelib qolgan edingiz... 
3. Uning yuzlari kulgan, tishsiz – 
kemtik
og‘zi sevinch bilan ochilgan 
edi. Akasi o‘z gapini 
yedirolma
 
gach
– Qurvonbibi bilan maslahat qilib 
turib – masalani eshon boboga arz qildi. (Cho‘lpon) 
Aniqlik sifati badiiy nutqda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi, 
chunki badiiy asar, ma’lumki, badiiy tafakkur mahsulidir. Badiiy 
nutqda obrazlilik asosiy bo‘lganligi uchun so‘z ma’nosidagi siljishlar


34
ko‘chishlar ko‘p kuzatiladi. So‘z va u ifodalagan predmet o‘rtasidagi 
mutanosiblik badiiy nutqda ko‘pincha ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri 
bo‘lmaydi. Badiiy nutqning asosiy vazifasi estetik ta’sir etishdan 
iboratligi uchun so‘zning turlicha qo‘llanishi, tovlanishi, turlanishi, 
xilma-xil ma’nolarni ustiga olishiga keng imkoniyat yaratadi.
Badiiy nutqda so‘zlar o‘z va hatto ko‘chma ma’nolaridan tashqari 
ham o‘ziga xos yangidan yangi ma’no qirralarini kasb etishi va 
shu tarzda badiiy tasvirning yanada aniqligini ta’minlashi mumkin. 
Masalan, Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxan-
da bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham no‘qtalab oldi 
(Cho‘lpon, «Kecha va kunduz») gapidagi
g‘ururning kaltaklanishi va 
kular yuzini no‘qtalamoq birikmalarida kaltaklanishi va no‘qtalamoq 
so‘zlari kasb etgan ma’no nozikliklari («g‘ururni azobli darajada 
poymol qilish», «keskin va tamoman to‘xtatmoq») bilan matnga 
ham aniqlik, ham ta’sirchanlik baxsh etgan.
Oddiy nutqda Qor yonadi deyilsa, nutqning aniqligi buzilgan 
bo‘ladi. Chunki qor – yonmaydigan narsa. Ammo Qalovini topsang, 
qor yonar degan maqolda, ya’ni badiiy nutqda fikr go‘zal, obrazli va 
mubolag‘ali ifodalangan. Bunday holatda nutq aniqligining buzilishi 
haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin