Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 41,53 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.01.2020
ölçüsü41,53 Kb.
#30234
gapning turlari kuchirma gap va uzlashma gap


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV

XO’JALIGI VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

NUKUS FILIALI

«O’zbek tili» fanidan

R E F E R A T

Mavzu:

Gapning turlari (Ko’chirma  gap va o’zlashma gap)

Topshirgan: 1-kurs Agronomiya guruhi talabasi

                                                               Matkarimova Sh

Qabul qilgan:                                        Ibragimova R

Nukus 2015 y

Gapning turlari (Ko’chirma  gap va o’zlashma gap)

Reja`


1.

O’zlashma gap haqida umumiy ma’lumat.

2.

Ko’chirma  gap haqida umumiy ma’lumot.



3.

O’zlashgan gap va ularda ishlatilatiladigan tinish belgilari.

O’zga gap

So’zlovhi hamma vaqt ham o’z fikrinigina bayon etib qolmaydi, u ba’’zan gapini ham o’z

nutqi ichida ishlatadi. O’zganing gapini ifoda etuvchi shaxs avtor, uning gapi esa avtor gapi

deyiladi. Avtorning ma’lum shaxs fikrini o’z nutqi ichida keltirishi o’zganing gapi deyiladi. Gap

ifoda qilinayotgan shaxs so’zlovchi sanaladi.

Ba’zan avtor gapi ham o’zganing shaklida beriladi. Bunda uning fikri o’zganing gapi va

avtor gapining biriktiruvchi grammatik vositalar bilan boog’lanadi. Misollar, men nima

qilishimni bilmayman. «Bu yoqda nima qilib yuribsiz»-dedim. Mening yo’qlab kelganimni

ko’rsa, dalda bo’lar biron so’z aytsam, zoraki darmon  bo’lsa, deb kutdim. (A.Q.)

U yoki bu shaxsning gapi faqat o’quvchining gapi shaklidagina emas, balki qushlar,

hayvonlar tovushi yoki ba’zi predmetlarning shovqini hamda ularga nisbatan ishlatiladigan

undov va taqlidiy so’zlar shaklida ham keladi. Jo’ra darrov askarning yukini olib, chairday katta,

tuki yiltiragan, beldor eshakka ildam ortib, ip bilan boog’ladi-da, «Xix»  deb bir turtdi va o’zi

uelar bilan suhbatlashib, piyoda ketdi. Haligina pashsha «og’ing» desa eshitilmaydigan jimjit

hovli qiy-chuvga to’ldi. Ashirmat «Shish-shish» deb eshagini to’xtatdi. (O.) Faqat buxgalteriya

joylashgan xonadan tovush eshitiladi «shaq-shuq». (O.)

O’zga gapi turli xilda keladi. Bularning asosiy tiplari ikki xil,  1) ko’chirma gap

2) o’zlashtirma gap.

 O’zganing gapi semantik, leksik, grammatik xususiyatlarni saqlagan holda, mustaqil gap

shaklida avtor gapi bilan birga ishlatilsa, ko’chirma gap deyiladi- «Yashang, oshpaz- kinoya

bilan qichqirdi O’ktam.-Bilib qo’yingki, dehqonchilikning qozoni boshqacha bo’ladi, mehnatini

aytmasangiz, barakasi osha beradi, tosha beradi». (O.)

Avtor gapi ko’chirma gapning kimga qarashli ekanligini ko’rsatadi. Avtor o’zganing

mazmunini saqlab, grammatik, leksik xususiyatlarni o’zgartirib bayon qilib bersa, o’zlashtirma

gap deyiladi. Masalan, Astaxov chu bilan suhbat qilishni orzu qilganini, lekin qo’li tegmaganini

aytdi.


Ko’Chirma gap.

 Ko’chirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratiladi. Ko’chirma gap bir so’zdan, bir ega

yoki bir necha gapdan, ba’zan butun bir abzacdan iborat bo’lishi mumkin. Avtor gapi esa

ko’pincha ikki sostavli birgina sodda gapdan tashkil topadi~ qo’shma gap shaklida yoki bir

sostavli sodda gap shaklida deyarli qo’llanmaydi. Misollar` «

o’rog’on buzilibdi. Yigitlarni,

suvchilarni to’sishga olib borsin», - deb buyurdi Mahkamov. (O.) «*ozir hosil uchun kurashning

avji vaqti, - dedi O’ktam jiddiy tus bilan,yaxshi parvarish qilsang, og’o’zani ovqatdan, suvdan

toliqtirmasang, kun sayin hosilni ko’rasan».(O) U joy ko’rsatib, mehribonlik bilan murojaat

qildi` «Kelganingga xursandman». Ko’chirma gapning kesimi fel, ot yoki boshqa turkum so’zlari

bilan  ifodalanadi.

Quyidagi fellar avtor gapining kesimi bo’lib keladi.

Gapirish, so’zlash ma’nosini bildiruvchi demak, aytmoq, gapirmoq. so’zlamoq singari

fellar, «Ko’p narsalarni ko’zimga ko’rsatdingiz, yana ko’p narsalarni ko’rsatgani qo’shimcha

chiroq berdingiz, O’rmonjon aka,»- dedi Siddiqjon.


 

So’zlash  ma’nosi  bilan  bog’liq  turli  holatni  ko’rsatuvchi  qchichchqirmoq,

pichchchirlamoq, buyurmoq, ogohlantirmoq, telefon qilmoq singari fellar, Yigit uning otini eslay

olmay «Agronom aka» -deb qichqirdi. (O.)

 Oldingi fikr bilan bog’liqlikni ifodalovchi javob bermoq, bo’lmoq (gapni bolmoq), davom

etirmoq kabi fellar. Toycha bo’lsak ham, ot izidan boryapmiz»,-javob berdi Jo’ra, ko’zlarini

ayyoroncha qisib. (O.)Rais so’zida davom etdi, «Ayniqsa», «Farhod» to’g’risida so’z borganda,

hali sen aytganingday, kishining ko’kragi tog’day ko’tariladi».(O.) «Sakson» ota uning gapini

bo’ldi. «Umr shomiga yetsak ham, yurakda o’timiz bor…» (O.)

«Balli, yurakdagi tilak-armon-sovet zamonidan», - gapga aralashdi boshqa bir chol,

soqolidan yumalagan tomchilarni artib-axir bahor kelganda, qari tollar ham bargak yozadi…»

(O.)


So’roq mazmunini ifodalovchi fellar, «Qalay, bu yil paxta rejasini bajarasizmi»-so’radi

O’ktam (O.)

 

Avtorning turli ichki kechinmalarini,  his-tuyog’ularini, hayajonini hamda ayrim



mimikalarini ifodalovchi fellar, Jon fiog’onida nima deyishni bilmay, yerga qaradi va

do’nog’illadi, «Men yig’latgan emasman… O’zing yig’lagansan». Karimqul xuddi shishganday

yog’on barmoqlari bilan mo’ylovini birpas buradi, keyin piching qilib to’nog’illadi, «dalada

qizlarning ichiga ko’z tashlaydigan odatingiz ham bor ekan, shekilli-» (O.) Nasimjon o’tirdi,

yozuv-chizuvga uringani ko’rinib, boshini ko’tarmasdan minog’irladi` «Xotirjam bo’linglar, biri

iloj qilib ko’ndiraman» (O.)

Ko’chirma gapning bir necha o’ziga xos xususiyatlari bor. Buyruq mazmunidagi ko’chirma

gapda ko’pincha undalma ishtirok etadi va undalmali gapning fel kesimi buyruq mayli formasida

keladi` «Og’lim, yaxshisi shuki,-dedi «Sakson ota qo’lin siltab,-qolgan ishga qor yog’ar degan

qadimgi so’zni unutma». (O.) Nortoy polvonga qichqirdi O’ktam` «Hormang, polvon» (O.)

Gapning mazmuniga qarab ko’chirma gapning intonaciyasi turlicha bo’ladi` «Gap qiziqishda,-

javob berdi Egamberdi,-hammasini kitobdan o’qidim-da, to’ppa-to’og’ri imtihonga bordim».

(O.) «Nega xat-pat, telegramma yubormadingiz»-dedi Jo’ra.(O.)

Ko’chirma gapdagi intonaciya uning o’rniga qarab ham turlicha bo’ladi. Agar u avtor

gapidan oldin kelsa. Avtor gapidan ko’ra kuchliroq ohang bilan aytiladi, avtor gapidan oldin

qisqa pauza bo’ladi` «

izlar zvenosi bu»-dedi Jo’ra.

Ko’chirma gap avtor gapidan keyin kelsa, to’liqroq pauza hamda balandroq  ohang bilan

talaffuz qilinadi` Jo’ra dedi` «

izlar zvenosi bu».

Agar avtor gapi ko’chirma gapning o’rtasida kelsa, u gap o’rtasida kelgan kirish  so’z va

kirish gaplarga o’xshash past ohangda aytiladi` «Bu, - dedi Jo’ra,-qizlar zvenosi».

Ko’chirma gapda bayon qilingan fikrgina bildirmay, balki hali ifoda etilmagan faqat

o’ylangan-taxmin qilingan fikr ham bildirilishi mumkin. Bunday gaplarda avtor gapining kesimi

o’yladi, dedi ichida, dedi o’ziga-o’zi kabi shakllarda ifodalanadi.

Bayon qilingan fikrni ifodalovchi ko’chirma gaplar fikrining tinglovchiga  qaratilganligini

ko’rsatsa, bayon qilinmagan fikrni ifodalovchi ko’chirma gapda fikr so’zlovchining o’ziga

qaratilgan bo’ladi`. Kolxoz yerining etagida yangi ochilayotgan yerga keta turib, o’yladi ichida u

«Vatanni ofat tahlikaga solganda, qari-qartanglar ham so’ngi kuchlarini bilakka yig’ib fidokorlik

ko’rsatadilar…» (O.) «Nahotki rost bo’lsa!- dedi ichida yigit…- Demak, kimning qo’li uzun

bo’lsa, olamni o’sha tuzadi, dedi-da do’stim». (O.)

Ko’chirma gapda ba`zan biror predmetning «gapi» ham kechirib berilishi mumkin. Bu

holat asosan nazmiy asarlar uchun xos paxta deydi kulib tovlanib «Sevgan kishi meni maqtasin».

(U.) Dalalar salomga qo’lin cho’zadi` «Marhamat qarindoshlar, aziz mehmonlar».

Demoq feli ko’chirma gapdan keyin joylashgan avtor gapining kesimi bo’lib kelganda,

mano va funkciyasi jihatdan aytmoq, so’ramoq, gapirmoq kabi so’zlash fellariga deyarli teng

bo’ladi. Bunda deb bog’lavchisi emas, balki demoq mustaqil feli qatnashadi. Uning manosi o’ta

umumiy bo’ladi. «Qalay, Rais ko’zini ochdimi?»-deb so’radi Qamchar.  Bu misollarda deb

so’radi, deb buyurdi o’rnida dedi felini qo’llash, shunigdek. Deb yordamchisini tushirib qoldirib,


so’radi yoki buyurdi tarzida ishlatish ham mumkin` «Qalay, Rais ko’zini ochdimi?»-dedi

amar.


Lekin demoq so’zlash harakatiga bog’liq bo’lmagan fellar bilan birga kelib, deb yoki deya

formasida avtor gapi bilan ko’chirma gapni bog’lashi mumkin. Bunda ko’chirma gap

butunligicha avtor nutqidagi fel kesimga nisbatan hol yoki ergash gap bo’lib keladi`. «Bu xom

xayol», -deya gapini bo’ldi akam. «Undoq qildim, bundoq qildim, qoyil qildim» deb ko’kragiga

uradiganlar ham topiladi. Bu xildagi gaplarda ko’chirma gaplik xususiyati bir oz kuchsizlashgan

bo’ladi. Aslida «ko’chirma gap - avtor gapi» shaklida tuzilgan bo’lib, bora-bora ko’chirma

gaplik xususiyatini yo’qota borgan konstrukciyada deb yordamchi so’z vazifasini bajaradi`

Qoronog’i tushmasdan etib olay deb zo’r beraman. Men sizni deb keldim. … Balki aytarsizki, bir

karvon nevara-chevarang bor, boshingda kata ro’zog’or, ko’rpangga qarab oyoq uzat deb.

Yozuvda bunday gaplar ko’chirma gaplarga xos bo’lgan tinish belgilari bilan yozilmaydi`

Ko’chirma gap avtor gapidan keyin keladi. Bunda avtor gapining kesimi ko’pincha

aytmoq, so’ramoq, javob bermoq, gapirmoq, demoq kabi fellar bilan ifodalanadi.

Avtor gapi ko’chirma gapdan oldin kelganda, undagi gap bo’laklarining tartibi odatdagicha

bo’ladi.


Ko’chirma gap avtor gapidagi bunday, shunday kabi so’zlarning mazmunini aniqlab kelishi

mumkin. Bunday avtor gapining kesimi bilan bunday, shunday so’zlar orasida deb yordamchisi

qo’llanadi.

 Ko’chirma gap avtor gapning o’rtasida kelishi mumkin. Bunda avtor gapining ega sostavi

ko’chirma gapdan oldin, kesim sostavi ko’chirma gapdan keyin keladi. Bazan kesimga qarashli

to’ldiruvchi yoki hol ko’chirma gapdan oldin ham keladi. Lekin kesimning o’zi doim ko’chirma

gapdan keyin qo’llanadi.

Ko’chirma gap avtori gapning har ikki tomonida kelganda ham avtor gapidagi kesim

sostavi oldin, ega sostavi keyin keladi` «Juda tog’ri, haq gap,-dedi boshi bilan tasdiqlab

Boltaboev-hamma yutuqlarimiz birlik orqasida kelayotir».

Bazan avtor gapi va ko’chirma gap murakkab holda aralashib, «avtor gapi+ ko’chirma

gap+avtor gapi+ko’chirma gap» yoki «ko’chirma gap+avtor gapi+ko’chirma gap/avtor gapi»

tipida qo’llaniladi. Bu holat tilimizda juda kam uchraydi. Ko’chirma gapning avtor gapidan

keyin yoki uning har ikki tomidan kelish holati jonli tilda kamroq, badiiy asarlarda ko’proq

uchraydi. Uning avtor gapidan oldin yoki uning o’rtasida kelish holati esa ko’proq jonli tilda

uchraydi.

Ko’chiriladigan gap bittadan ortiq shaxsning o’zaro so’zlashuvidan iborat bo’lsa, bunday

ko’chirma gaplar avtor gapisiz-dialog shaklida beriladi. Dialog shaklidag gaplarning kimga

qarashli ekanlig nutq jarayonida malum bo’ladi.

-Rais, og’ozamiz ko’p zararlanibdimi?

-Ha ko’p zararlanibdi. Uni tezda davolash zarur.

O’zlashtirma gap

 

O’zganing gapi o’zlashtirma gap shaklida berilishi ham mumkin. Bunda avtor



boshqalarning gapini grammatik va ayrim leksik xususiyatlarini o’zgartirgan holda beradi.

O’zlashtirma gap ko’chirma gapdan intonaciyasi va ayrim fel formalarning ishlatilmasligi ko’p

ishlatiladigan deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari o’zlashtirma gapda deyarli qo’llanmaydi.

Uning o’rnida bu gaplarda ko’proq aytmoq, gapirmoq fellari ishlatiladi.

Ko’chirma gap, o’z sostavida gap borigidan qatti nazar, uzlashtirma gapga aylantirilganda,

soda gap holatiga keltiriladi. o’zlashtirma gapda avtor gapning bosh bo’laklari (bazan ikkinchi

darajali bo’laklari ham) saqlanib, ko’chirma gap birikmali to’ldiruvchiga aylanadi.

«Har soatni og’animot bil»,-dedi Sakson ota. (O.) Bu ko’chirma gap o’zlashtirma gapga

aylantirilsa, undagi ikki sodda gap ( Sen har soatni g’animat bil.  Sakson ota dedi) bir sodda

gapga, ko’chirma gap esa birikmali to’ldiruvchiga aylanadi. Sakson ota har soatni g’animat

bilish kerakligini aytdi.

Ergashgan ko’chma gap ko’chirma gap shaklida berilsa, ko’pincha ergash gap (shart,

ravish, to’siqsiz, payt, o’xshatish gaplar) o’zgarmay, bosh gap o’zlashtirma gap shaklini oladi.


Shunday bo’lsa ham, qo’shma gapning mazmuni o’zlashtirib berilgan bo’ladi. «Hamma

ko’saklar pishib bersa, ishimiz yirik Mabodo kuz yomonlik qilsa, ishimizning beliga tepadi»,

dedi u. (O) Bu misolning o’zlashtirma gap shakli. U hamma ko’saklar pishib bersa, ish yirik

bo’lishini, mabodo kuz yomonlik qilsa, ishning beliga tepishini aytdi.

Bog’langan ko’shma gap, yoqorida ko’rsatib o’tilganlardan boshqa ergashgan ko’shma

gaplar ko’chirma gap shaklida kelganda. Ular birdan ortiq birikmali to’ldiruvchi holida

o’zlashtirma gapga aylantiriladi. Rais paykalga tikilgan holda gapirdi. «Go’zalarning rivoji

yaxshi, biroq boshqa paykallarni shunga tenglashtirib olish kerak». O’zlashtirma gap formasi.

Rais paykalga tiklagan holda og’o’zalarning rivoji yaxshiligini, biroq boshqa paykallarni ham

shunga tenglashtirib olish kerakligini aytdi.

Demak, ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirish ularning turiga qarab turlicha

amalga oshiriladi.

Undov gap, atov gap, ritorik so’roq gap va shunga o’xshash boshqa gaplarni o’zlashtirma

gapga deyarli aylantirib bo’lmaydi. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma

gapdagi olmoshi uzgarishi fel kesimning zamoni deyarli o’zgarmaydi.

Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirishda ko’chirma gapdagi fel kesimning shaxs

qo’shimchasi, kishilik mumkin.

Ko’chirma gapning subekti birinchi shaxs kishilik olmoshi bilan, avtor gapning egasi esa

har uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari (men, sen, u) bilan ifodalansa, o’zlashtirma gap

sostavidagi bu olmoshlarining biri tushib qoladi.

Ko’chirma gapning egasi olmosh bilan ifodalangan bo’lsa, o’zlashtirma gapga

aylantirilganda bu olmosh tushib qoladi.

Men aytdim

Biz aytdik

Sen aytding            «Biz bu kitobni o’qiymiz»

Siz aytdingiz

U aytdi

Ular aytdilar



O’zlashtirma gap shakli

Ko’chirma gap yog’iq bo’lib, uning va avtor gapnining egasi bir xil shaxs-sondagi kishilik

olmoshi bilan ifodalansa yog’iq ko’chirma gapdagi ega bilan tuslovchi bir xil bo’lgani uchun,

ularning biri tushib qoladi va ko’chirma gaplik xususiyatini bir oz yo’qotadi. Men aytdim «Men

ketaman» tarzda emas, men ketaman dedim.

Agar avtor gapining egasi ot bilan, ko’chirma gapning egasi kishilik olmoshi bilan

ifodalangan bo’lsa, bunday gaplarning o’zlashtirilgan shaklida avtor gapidagi ega va kesim

saqlanadi, ko’chirma gapning egasi qaratuvchiga, kesim-lik affiksini olgan sifatdosh bilan

ifodalangan to’ldiruvchiga-qaralmishga aylanadi. Ko’chirma gapning birinchchi shaxs kishilik

olmoshi bilan ifodalangan egasi ba’zan batamom qo’llanmaydi yoki uning 7rnida o’zlik olmoshi

ishlatiladi.

  Ko’chirma gap darak xarakterida bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda quyidagicha

o’zgaradi.

 Ko’chirma gapning kesimi o’tgan zamon fe’li bilan ifodalangan bo’lsa, o’zlashtirma gapda

zamon yasovchisi o’rniga o’tgan zamon sifatdoshi affiksi (-gan), shaxs-son affikisi o’rniga

egalik affiksi ishlatiladi va tushum kelishigi affiksi q7shiladi. Ba’zan –gap affiksidan keyin –lik

affiksi ham qo’shiladi.

Ko’chirma gapning kesimi-gan formasidagi o’tgan zamon fe’li bilanifodalansa, uning

zamon qo’shimchasi saqlanib, faqat shax-son q7shimchasi egalik affiksiga almashadi. «Bu yil

ko’p paxta terganman»,-dedi qiz. -

iz buy yil ko’p paxta terganligini aytdi.

Ko’chirma gapdagi fe’l kesim sostavli bo’lsa, o’zgarish keyingi eelementda yuyuz beradi.

 Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirishda faqat fel kesimga o’zgarmay, egalik

qo’shimchasini olgan so’z va kishilik olmoshi bilan ifodalangan bulaklar ham o’zgaradi.

«Mening ukam Toshkentda o’qidi»,-dedi usta.- Usta ukasining Toshkentda o’qiganini aytdi.


Boshqa bo’laklarda bu xildagi o’zgarish deyarli sezilmaydi.  «Ke ha keldim», -dedi Karim-

Karim kecha kelganligini aytdi. « nstitutda Karimni uchratdim»,-dedi. - nstitutda Karimni

uchchratganligini aytdi.

Ko’chirma gapning kesimi hozirgi zamon feli bilan ifodalangan bo’lsa.

A)  –yotir,  -yap  formalari  o’rniga  –yot+gan  (lik),  shaxs-son  affiksi    o’rniga  egalik  affiksi

ishlatiladi, so’ng tushum kelishigi affiksi qo’shiladi. «g’o’zalarimiz barvaqt gullayotir»,-dedi u.

U g’o’zalarning barvaqt go’llayotganligini aytdi.

B) -moqda formasi stilistik talabga muvofiq ba’zan-yotgan-(lig)ini formasiga

almashtiriladi, ba’zan-moq+da ekan formasida ishlatiladi. «Shahardan chiqqan yordamchilar

kilogrammdan orttirib paxta termoqdalar»,-dedi rais. Rais shahardan chiqqan yordamchilarning

kilogrammdan orttirib paxta erayotganliklarini aytdi.

V) –a,-y affikslari bilan yasalgan hozirgi-kelasi zamon fellari gapning mazmuni ko’proq

hozirgi zamon bilan boog’liq bo’lsa, -yotgan(lig) ini formasiga, kelasi zamonga boog’liq bo’lsa,-

(a) Jak(lig)ini yoki –moqchi ekanligini formasiga almashtiriladi. «Men Moskvada o’qiyman»,-

dedi Dilorom.-Dilorom Moskvada o’qiyotganligini aytdi.-Dilorom Moskvada o’qiyatligini

aytdi.-Dilorom Moskvada o’qimaqchiligini aytdi.

E) ko’shirma gapning kesimi kelasi zamon feli bilan ifodalangan bo’lsa.

A) –ajak affiksida so’ng-ligin formasi ko’shib ishlatiladi. «O’qishni tugatib, Moskvaga

borajakman», -dedi Xalil- Xalil o’qishni tugatib, Moskvaga borajakligini aytdi.

B)-a(r) affiksi o’rniga harakat nomi formasi-lik affiksi bilan ishlatiladi. «Mehmonlar kelib

qolar»-dedi zveno boshliog’i.-Zveno boshliog’i mehmonlarning kelib olishligini aytdi.

Ko’chirma gapning kesimi ot kesim bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda shu ot

kesimdan keyin ekanligini yoki-ligini formalari qo’shiladi. «Qo’lim baland, belim baquvvat»,-

dedi brigadir.-Brigadir qo’li baland, beli baquvvat ekanligini (baquvvatligini) aytdi.

 Ko’chirma gap so’roq mazmunini ifodalasa, avtor gapining kesimi qaysi fel bilan

ifodalanganiga qaramay, o’zlashtirma gapning kesimi faqat so’moq fe’li bilan berilandi. «Majlis

boshlandimi»-deb so’radi u. U so’radi. «Majlis boshlandimi.» Bu gaplarning shakli.U majlis

boshlangan-boshlanmaganini so’radi.

So’roq mazmunini bildiruvchi so’roq gaplar o’zlashtirilganda, uning intonatsion xususiyati

o’zgaradi.

So’roq gap o’zlashtirma gapga quyidagi bilan aylantiriladi.

 Gapning fe’l kesimi so’roq yuyuklamasini olganda, o’sha fe’lning sifatdosh formasidagi

bo’lishli va bo’lishsiz shakllari juftlashadi va ularga ekanligini yoki-ligini formalarni qo’shiladi.

«Paxta chopig’ini o’z vaqtida tugatdingizmi.»-dedi Karim ota-Karim ota paxta chopig’ini o’z

vaqtida tugatgan-tugatmaganligini so’radi.

 

So’roq gap so’roq so’zlarning ishtiroki bilan tuzilgan bo’lsa, uning fe’l kesimi



o’zlashtiriladi, lekin so’roq mazmunini bildiruvchi so’z saqlanadi. «Qachon keldingiz.»-so’raydi

O’ktam.-O’ktam qachon kelganligi so’radi. «Nima uchun olimjonning brigadasida ish yaxshi

Nima uchun mening g’o’zalarim pisand qilmaydi.»-dedi Bekbo’ta.-Beko’ta nima uchun

Olimjonning brigadasida ish yaxshi ekanligini, nima uchun uning g’uzalarni pisand qilmasligini

so’radi.

Undalmali sroq gap o’zlashtirma aylantirilsa, undalma chiqish kelishigi qo’shimchasini

olib, vositali to’ldiruvchiga aylanadi. «Rais, nima uchun boshqalar qoloq» - dedi u.

-U raisdan nima uchun boshqalar qoloq ekanligini so’radi.

 Kesmi bor yo’q so’zlari bilan ifodalangan ko’chirma gaplar quyidagicha o’zlashtiriladi.

A) Ko’chirma gap darak mazmunini bildirsa, o’sha so’zdan keyin ekanligini yoki-ligini

formalari qo’shilib keladi. «Magazinda har xil kitoblar bor, lekin daftar yoq»-dedi opam.-Opam

magazinda har xil kitoblar borligini. Lekin daftar yoq ekanligini aytdi.

B) ko’chirma gap soroq mazmunini bildirsa, bor, yoq so’zlarni juftlanib, undan keyin-ligini

yoki ekanligini formasi qo’shiladi.

«Magazinda kitob bormi.». «Magazinda daftar yo’qmi.»  -  dedi opam. Opam magazinda

kitob bor-yoqligini so’radi- Opam magazinda daftar bor-yoqligini so’radi.



. Buyruq gaplar o’zlashtirilganda, uning buyruq maylidagi fe’l kesimi ish oti

formasi+egalik affiksi+kerak (lozim, zarur)+(ekan)ligini shaklini oladi. «Maslahat esdan

chiqmasin,»-dedi Durbek._durbek maslahat esdan chiqmasligi kerakligini aytdi. «Tezroq keting

bu erdan, toog’a», dedi Botir.- Botir tog’asiga bu erdan tezroq ketish kerakligini aytdi.

Undalmali buyruq gap o’zlashtirilsa, undalma ko’pincha yo’nalish kelishigi affiksini olib,

vositali to’ldiruvchi bo’lib keladi. «Endi ular sevinishsin, Nodir amaki», -dedi jiyani.-Jiyani

Nodir amakiga endi ular sevinishi kerakligini aytdi.

Ko’pincha kesimi buyruq felining uchinchi shaxs formasida bo’lgan ko’chirma gaplar

o’zlashtirma gapga aylantiriladi. Kesimi buyruq-istak maylining birinchi shaxs formasida kelgan

ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirib bo’lmaydi, bazan kesimi ikkinchi shaxs formasida

kelgan ko’chirma gap o’zlashtiriladi.

 O’zbek tilida bazan o’zgalarning gapi ko’chirma gap xolatidagi emas, «ko’chirma

gap+avtor gapi» shaklida ifodalanishi mumkin. Ko’chirma gap ichida ko’chirma gap qo’llanib,

qo’sh ko’chirma gapni hosil qiladi. Yakka qo’llanilgan ko’chirma gap avtor gapi bilan

«gap+avtor gapi» yoki «avtor gapi+ko’chirma gap» tuzilsa, qo’sh ko’chirma gap «ko’chirma

gap+avtor gapi+avtor gapi» sxemasi tuziladi. Masalan «Sodir «Har bir ishga tajriba ko’zi bilan

qarash kerak», -deydi,-dedi Karim. Bu misolda birinchi ko’chirma gap (Har bir ishga tadriba

ko’zi bilan qarash kerak) avtor gapi (Sobir deydi) bilan yana ko’chirma gapni tashkil qilib,

keyingi avtor gapiga-dedi Karim gapiga nisbatan ko’chirma gap bo’lib kelgan.

Ko’chirma gapga yana misol keltiramiz. «Sirdaryodan quyosh ko’tariladi, mamlakatga nur

oqadi», -deyishgan edi»,-dedi faxrlanib O’ktam. (O.)

Demak, bunday gaplarda birinchi darajali va ikkinchi darajali ko’chirma gaplar mavjud

bo’lib, ikkinchi ko’chirma gap birinchi gapga nisbatan avtor gapi sanalsa ham, uchinchi gapga-

avtor gapiga nisbatan hisoblanadi.

Yuqoridagi misolni sxema bilan quyidagicha ko’rsatish mumkin.

                 ________________________________________________

Sirdaryodan quyosh ko’tariladi,

Mamlakatga nur oqadi.

deyishgan edi

Dedi


faxrlanib

O’ktam


birinchi darajali ko’chirma gap                                       ikkinchi                avtor gapi

                                                                                            darajali

                                                                                    ko’chirma gap


Foydalangan adabiyotlar

1.  Sh Abduraxmonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Darslik. 2000 y

2.  A Tursinov, J Muxtorov, Sh Raxmatullaev “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darslik.

“O’zbekiston” nashriyoti. 1992 yil



3.  A G’ulomov, M Asqarova “Hozirgi o’zbek adabiy tili”  “O’qituvchi” nashriyoti 1997 yil

Yüklə 41,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin