Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88
Ona tili 11 sinf

mazasi qochdi 
1.
Sog‘lig‘i yomonlashdi. Varianti: 
mazasini qochir-
moq.
O‘xshashi: 
tobi qochdi.
2. Biror ish yomonlashdi, inqirozga 
yuz tutdi. Ma’nodoshi: 
mazasi ketdi.
mum tishlamoq
mutlaqo gapirmaslik, suhbatda mutlaqo qatnash-
maslik. Ma’nodoshi: 
og‘ziga tolqon solmoq; mog‘ziga qatiq ivitmoq. 
O‘xshashi: 
«lom-mim» demadi; dami chiqmadi; damini chiqarmadi; 
og‘zini ochmadi.
1. Qanday nutqda so‘z ma’nolarining ko‘chishi ko‘p kuzatiladi?
2. Badiiy nutqning asosiy vazifasi nimadan iborat?
3. Ijodkorlar badiiy tasvirning yanada aniqligini ta’minlash maqsadida 
qanday lisoniy vositalardan foydalanadi?
4. Oddiy nutq bilan badiiy nutqning farqli xususiyatlari haqida ga-
piring.
5. Bahor keldi – Bahor yashillik bilan yasanib keldi. Umumiy maz-
muni bir bo‘lgan har ikki gapning ifoda shakllari haqida nima 
deya olasiz? 
38-mashq.
Adabiyot darsligidagi asarlardan yangi, farqli ma’ 
noda 
namo 
yon bo‘lgan so‘zlarni aniqlang. Ularning nutqiy aniq-
likka ko‘rsatayotgan ta’sirini baholang.
NuTqNINg mANTIqIyLIgI
Topshiriq.
Matnni o‘qing. Fikr mantiqidagi buzilish haqida fikrlashing.
Ulug‘ Alisher Navoiy o‘zining «Majolis un-nafois» asarida shunday bir 
voqeani hikoya qiladi. Bahorning yomg‘irli kunlaridan birida u «Xuroson 
mulkida turkiy va forsiyda malik ul-kalom» Lutfiy bilan uchrashib qoladi. 
Mavlono Lutfiy Amir Xusrav Dehlaviyning bir she’ridagi go‘zal ma’no va 


37
o‘xshatish haqida juda ham maqtov bilan gapirib beradi, ya’ni: «Mahbuba 
yomg‘irli kunda yo‘lda tiyg‘anib yiqilib ketay deydi. U shu qadar go‘zal 
va nozikki, yog‘ayotgan yomg‘ir rishtasini ushlab, uning madadi bilan 
o‘zini o‘nglab oladi». Bu ta’rif Navoiyga behad ma’qul tushadi. Saroydagi 
oliy adabiy majlislarning birida Navoiy bu o‘xshatish haqida shoh Husayn 
Boyqaro huzurida gapirib, shohning ham hayratlanishini kutadi. Ammo 
Boyqaro «Yuqoridan pastga tushayotgan yog‘in rishtasi yiqilayotgan kishi 
uchun madad bo‘la olmaydi» deb, e’tiroz bildiradi. Navoiy Boyqaroning 
o‘tkir va nozik mantig‘i va she’rfahmlikdagi zakovatiga qoyil qoladi. Shoh 
va shoir Husayn Boyqaro mazkur holatda fikr mantiqiyligidagi buzilishni 
ilg‘agan. (N. Mahmudov)
Fikr tarkibi va qurilishining to‘g‘ri ifodalanishi nutq mantiqiyli-
gining asosidir. Nutqda til vositalarining mantiq va to‘g‘ri tafakkur 
qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini 
yuzaga keltiradi. Ana shunga ko‘ra mantiqiylik sifati nutqda so‘zlar, 
gaplar o‘rtasidagi mazmuniy va grammatik aloqalarning fikr mohiyati 
hamda uning rivojlanib borishiga qat’iy mosligi tarzida ta’riflanadi.
Mantiq va grammatika har qanday nutqning tayanchi, har qan-
day nutq sog‘lomligining zaminidir. Ulug‘ donishmand bobomiz 
Forobiy grammatika va mantiq ilmining favqulodda ahamiyati haqida 
quyidagilarni qayd etgan: «Grammatika odamlar nutqini to‘g‘rilagani 
kabi – u shu 
ning uchun ham vujudga kelgandir – mantiq ilmi 
ham xato kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joyda tafakkurni to‘g‘ri 
yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘rilab turadi. Grammatikaning 
tilga va til ifodalariga bo‘lgan munosabati mantiq ilmining aql va 
aqliy tushunchalarga bo‘lgan munosabati kabidir. Grammatika har 
doim til ifodalarida xatolar kelib chiqishi mumkin bo‘lganda, tilning 
o‘lchovi bo‘lganidek mantiq ham har doim aqliy tushunchalarda 
xato kelib chiqishi mumkin bo‘lganda, aql o‘lchovidir».
Mantiqiy nutq tuzish uchun so‘zlovchi fikr predmetini atroflicha 
bili 
shi, mantiqiy tafakkur qoidalaridan boxabar bo‘lishi kerak, ayni 
payt 
da til birliklarining leksik-semantik va grammatik mohiyati, 
ularning bog‘lanish xususiyatlarini ham nazardan qochirmasligi zarur. 
Aytaylik, so‘zlarning jumla tarkibida mantiqiy-mazmuniy ziddiyatsiz 
birika olishi, mantiqqa uyg‘un qo‘llanishi uchun ularning leksik-se-
mantik mohiyatini yetarli darajada bilish lozim. Masalan, Traktor 


38
va mashinalar yelday uchadi gapini mantiqiy deb bo‘lmaydi, chunki 
unda mantiqiy-mazmuniy ziddiyat bor. Mashina mantiqan juda tez, 
ya’ni yelday uchishi mumkin, ammo traktor bu xususiyatga ega 
emas. Demak, jumlada mantiqiylik sifati buzilgan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin