40
1. Sattorov yolvorgan ohangda ko‘zlarimga umidvor qaradi. 2. Ikkala-
miz ham tubsiz ko‘ngilsizlik oldidan picha tinchlanishimiz kerak edi.
3. Sattorov zarda bilan planshetni irg‘itib yubordi-da, mening so‘zlashim ga
erk bermay, sakrab o‘rnidan turdi. 4. Men Ahmadni chaqirish oldidan
stol ustiga uning Valitov bilan tushgan suratini ham, Zaremaning foto-
suratlarini ham sochib qo‘ygan edim. 5. Mana, u oyoq uchida sekin
yonimga yo‘rg‘alab keldi-da, meni odatdagiday so‘roqlarga ko‘mib yubordi.
(M. Nasibullin) 6. U jamiyat taraqqiyotini rivojlantirish uchun insonlarning
ma’naviyatini yuksaltiruvchi asarlar yaratdi.
(A. Olimov)
mANTIqIyLIK VA
grAmmATIK VOsITALAr
Topshiriq.
Berilgan gapni o‘qing va qaysi til vositasini noto‘g‘ri
qo‘llash tufayli nutqning mantiqiyligi buzilganini izohlang.
Sudning kimyoviy ekspertizasi T. Bo‘riyevning qo‘llari, kurtkasining
chap cho‘ntagida maxsus kukun izlari mavjudligi, kukunlar tarkibi ham
bir-biriga mosligi aniqlandi.
(Gazetadan)
Nutqning mantiqiyligi ifoda nuqtayi nazaridan ko‘proq tilning
morfologik va sintaktik sathi bilan bog‘liqdir. Har qanday sintaktik
birlikning nutqda o‘z mantiqiy-grammatik o‘rni bor.
Gapda so‘zlar tartibining to‘g‘ri, tilning sintaktik tabiatiga uyg‘un
bo‘lishi mantiqiy nutq tuzishda jiddiy ahamiyatga molikdir. So‘z
tartibidagi nuqson jumlada ifodalangan fikrning mantiqan yanglish
yoki ikkiyoqlama anglanishiga olib keladi. Masalan,
Loqaydlik tufayli
ko‘rsak ham, indamaymiz tarzidagi jumlada so‘z tartibidagi nuqson
sababli fikr ikki xil tushunilishi mumkin, ya’ni
«loqaydlik tufayli
ko‘rish» (bu, albatta, mantiqqa zid) va
«loqaydlik tufayli indamaslik».
Aslida, ifodalanmoqchi bo‘lgan fikr – ularning ikkinchisi. Jumladagi
so‘z tartibi
Ko‘rsak ham, loqaydlik tufayli indamaymiz tarzida tuzilsa,
mantiq to‘g‘ri ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: