Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88
Ona tili 11 sinf

mANTIqIyLIK VA
mATN KOmPOzITsIyAsI
Topshiriq.
Insho haqidagi fikrlaringizni bayon qiling. Inshoning 
tarkibiy tuzilishi, insho matnida fikrning mantiqiy izchil-
likdagi bayoni borasida bahslashing.
Nutq mantiqiyligining buzilishi matn sintaksisi sathida, ya’ni 
gaplarning o‘zaro mazmuniy-sintaktik bog‘lanishidagi kamchiliklar 
natijasida ham yuzaga keladi. Ma’lumki, matn tarkibidagi gaplar 
bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi, shunga ko‘ra bog‘li nutq tushun-
chasi mavjud. Matnda bog‘lilikning quyidagi uch jihatini farqlash 
maqsadga muvofiq:
1. Mazmuniy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik abzas va mustaqil 
gaplarni bog‘lovchi leksik-grammatik vositalar (leksik takrorlar
ko‘rsatish, 3-shaxs dagi kishilik olmoshlari kabi)ning qo‘llanishi orqali 
namoyon bo‘ladi.
2. Mantiqiy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik gaplar, abzaslar o‘rtasida-
gi mantiqiy munosabatlarning funksional-sintaktik vositalar (demak, 
shunday ekan, shunday qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish 
so‘zlar, yuqorida, quyida, endi, bundan keyin kabi so‘z va so‘z 
shakllari, va, hamda, ammo, lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va sh. k.) 
orqali ifodalanishida namoyon bo‘ladi.
3. Kompozitsion bog‘lilik. Bunday bog‘lilik qayd etmoq lozimki, 
aniqki, ta’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o‘tilgani kabi tarzidagi sin-
taktik qurilmalar yordamida ifodalanadi.
Yaxlit matnning mantiqiyligini ta’minlashda matnning kompozit-
sion tuzilishini to‘g‘ri tashkil etish ham muhimdir. Bayon qilinayot-


44
gan fikr, mazmun tarkibida, tabiiyki, muayyan ketma-ketlik, alo-
qadorlik, bog‘liqlik, umuman, tizim mavjud. Mazmundagi ana shu 
tizim nutqiy ifodada ham o‘z aksini topmog‘i lozim. Mantig‘i 
sog‘lom matn «biri tog‘dan, biri bog‘dan» fikrlar «bo‘tqa»sidan iborat 
bo‘lmaydi. Shuning uchun matnda fikr rivojini aks ettiradigan aniq 
kompozitsiya bo‘lishi zarur.
Masalan, inshoning kompozitsion tuzilishi uch qismdan iborat 
bo‘ladi, ya’ni: kirish, asosiy qism va xulosa. Kirishda mavzu, uning 
ahamiyati, o‘rganilishi kabi masalalar bayon qilinadi, asosiy qismda 
aytilmoqchi bo‘lgan tegishli mazmun yoritiladi, xulosada esa ba 
yon 
qilingan fikrlarga yakun yasaladi, «qissadan hissa» qilinadi. Shu 
tariqa fikr mantiqiy ifodalangan yaxlit matn yuzaga keladi. 
Badiiy nutqda mantiqiylikka qo‘yiladigan talablar tamoman o‘zi-
ga xosdir. Albatta, bu badiiy adabiyotning obrazli tafakkur mahsuli 
ekanligi bilan aloqadordir.
Mantiqiylikning buzilishi badiiy nutqda o‘ziga xos tasvir usuli
obraz 
li ifoda, qisqasi, badiiy vosita vazifasini bajarishi mumkin. Xil-
ma-xil alogizmlar (mantiqsizlik), g‘ayriodatiy birikmalar, jonlantirish 
va boshqa shu kabi qo‘llanishlar ijodkorning badiiy mahorati bilan 
matnning zaruriy unsurlariga aylanadi. Masalan, nobadiiy nutqda 
Ko‘plar og‘izlari bilan ham tinglardilar shaklidagi gap mantiqsiz 
hisob lanadi. Chunki tinglash uchun «qurol» og‘iz emas, balki quloq-
dir. Ammo Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidan olingan 
ushbu parchada bu gap betakror badiiy obraz tasviriga aylangan: 
O‘tirganlar bir seskanib oldilar.
– Qanaqa pul, taqsir? – dedi Matxoliq amin.
Hammaning ko‘zi uning og‘ziga tikilgan edi, undan keyin hamma 
ko‘zlar birdaniga mingboshi tomonga burilib, uning og‘ziga osildilar. 
Ko‘plar og‘izlari bilan ham tinglardilar.
Yozuvchi noxush va shum xabarni hayronlik va chorasizlik ichi-
da og‘izlar ochilib qotgan ko‘yi eshitmoqning badiiy rasmini shu 
tarzda chizgan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin