O’zbekiston respublikasi oliy vao’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 136,58 Kb.
səhifə1/10
tarix02.04.2023
ölçüsü136,58 Kb.
#92541
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VAO’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKUL’TETI


Nemis va fransuz tillari kafedrasi
Jafaraliyev Abduvalining
5220100-filologiya (nemis tili) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
"Chet tilni masofadan turib o’qitish" mavzuidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Ilmiy rahbar: p.f.n., dot. S. Saidaliyev


Taqrizchilar: kat . o’qit M.Tojixo’jayev o’qituvchi


Namangan – 2014 yil

Chet tilni masofadan turib o’qitish

KIRISH





  1. BOB. CHET TIL O`QITISH METODIKASI TIL TA`LIMI NAZARIYASIDIR




    1. Chet til o`qitish metodikasi til ta`limi nazariyasidir.




    1. Chet til ta‟limi va uning turlari.




    1. Chet til ta‟limida yechimini kutayotgan masalalar.




    1. Xulosa



  1. BOB. CHET TILNI MASOFADAN TURIB O’QITISH TURLARI VA METODIKASI


    1. Masofaviy ta‟lim va uning mohiyati.




    1. Masofaviy ta‟limning ta‟lim tizimida tutgan o‟rni.




    1. O‟zbekistonda chet tillarni o‟rganish muammolari va istiqbollari.

    2. Xulosa.

UMUMIY XULOSALAR




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi va muammoning o’rganilganlik darajasi
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‟aniyevich Karimov “Barkamol avlod – O‟zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli asarida yoshlarga qarata shunday ibratomuz fikrlarni bildirgan edi:
… Kelajak avlod haqida qayg‟urish sog‟lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Faqatgina chinakam ma‟rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarni, bir so‟z bilan aytganda, o‟zligini anglash, erkin va ozod vatanda yashashi mumkin.
O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin xalqimizning o‟z adabiyoti, madaniyati, san‟ati va ma‟naviyati tarixiga yangicha nazar bilan qarab, uni chin ma‟noda avaylab – asrab, o‟rganish imkoniyatiga ega bo‟ldi. Endilikda ma‟naviy boyliklarimizni o‟zimiz yangidan tanib, idrok etibgina qolmay, xorijiy mamlakatlar adabiyotlaridagi tendensiyalarni ham kuzatib, ularni tahlil qilishga bilimimiz yetarli”. Bu borada chet tillarini o‟rganish va chet tili o‟qitishda masofaviy ta‟lim asosiy vosita bo‟lib xizmat qiladi. Hozirgi globallashuv va axborot texnalogiyalari zamonida chet tilni masofadan turib o‟qitish muhim rol o‟ynaydi va samarali natija beradi. Shu bilan birga mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan ham belgilanadi:
Birinchidan, mazkur mavzu bo‟yicha garchi ma`lum o‟quv qo‟llanma va ilmiy ishlar qilingan bo‟lsada, chet tilni masofadan turib o‟qitishda yangicha usullar va texnologiyalarni nazariy jihatdan ilmiy asoslash va amaliy jihatdan tavsiyalar ishlab chiqish o‟quvchilarga chet tilni yanada tushunarli qilib yetkazib berish, bir so‟z bilan aytganda chet tilni masofadan turib o‟qitishning o‟rni, roli va ahamiyati borasida hozirgacha nufuzli ilmiy – pedagogik tatqiqot olib borilmagan;
Ikkinchidan, o‟quvchilarga chet til darslarida yangi o‟qitish uslubi va texnologiyalaridan yani maktab darslarini turli axborot texnalogiyalari va masofaviy ta‟limni boshqa vositalaridan foydalanish nazariy va eksperimental jihatdan puxta o‟rganilmagan;
Uchinchidan, o‟quvchilarni o‟z kasblarini o‟zlashtirishda chet tilni masofadan turib o‟qitishning o‟ziga xos o‟rni, ixtisoslik fanlari bilan bog‟liqligi BMI ning mavzusi bo‟lmagan.
Yuqoridagilarning barchasi biz tanlab olgan mavzuning dolzarbligini belgilash uchun xizmat qiladi.



Yüklə 136,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin