O’zbekiston respublikasi oliy vao’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 136,58 Kb.
səhifə2/10
tarix02.04.2023
ölçüsü136,58 Kb.
#92541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

BMI ning maqsadi


O‟rta maktab o‟quvchilariga chet tillarini o‟rgatishda chet tilni masofadan turib o‟qitishning ahamiyati beqiyos ekanligini, masofadan turib o‟qitish usullari chet tillarni o‟rganishdagi o‟quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishni nazariy asoslab berishda muhim ekanligi, o`quvchilarning xorijiy til bo‟yicha tayyorgarligi sifatini ko‟tarish va ularning xorijiy til bilan ishlash malakalari shakllanganligini nazorat qilish va baholash masalalarini hal qilishda masofaviy ta‟limga oid nazariy bilimlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib berish BMIning maqsadlaridan hisoblanadi.
Shuningdek ushbu Bitiruv malakaviy ishimizda darslik va qo`llanmalar yaratishda ma`lum tavsiyalar berishni rejalashtirilgan. Shu nuqtai nazardan BMI mavzusida quyidagi maqsad va vazifalar belgilangan:

  • Umumiy o`rta maktablar, Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlari ta`limi tizimida professor - o`qituvchilar uchun masofaviy ta‟lim va uning usullari haqida ma`lumot berish va bu boradagi ko`nikmalarni shakllantirishning samarali usullarini ishlab chiqish;

  • Turli xorijiy mamlakatlardagi chet tillarni o`qitishda masofaviy talimdan foydalanish haqida ma`lumotlar berish;

  • Chet tillarni o`rganishning ilg`or pedagogik - psixologik mazmun-mohiyatini ochib berish;

  • Jahon mamlakatlarida qo`llanayotgan ilg`or va zamonaviy, noan`aviy va usullar haqida batafsil ma`lumot berish;

- O`zbekistonda chet tillarni o`qitishning tarixi va bu borada qilingan tadqiqotlar haqida fikr bayon qilish.

BMI ning obyekti va tadqiqot usullari


O‟quvchilarga chet tillarni o‟rganishda chet til o‟qitish metodlari, hususan masofadan turib o‟qitish metodi, uni chet til ta`limidagi o‟rni va ahamiyatini belgilash tadqiqot obyekti sifatida tanlandi.

BMI ning predmeti


Olmon tilini o`qitish jarayonida masofadan turib o‟qitish usullaridan foydalanish BMI predmeti bo`lib xizmat qildi.

Yüklə 136,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin