BMI da O‟zbekiston Respublikasi “Ta‟lim to‟g‟risidagi qonun”ni, “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi” pedagogika, psihologiya va o‟quv predmetlari hususiy metodikalarda tan olingan metodlarning tadqiqot maqsadiga mos keluvchi jihatlaridan foydalanildi. Ta‟lim – tarbiya jarayonini kuzatish, sohaviy adabiyotlarni o‟rganish va tahlil qilish, so‟rovlar o‟tkazish, tajriba sinov metodlaridan foydalanildi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
O‟qituvchilar chet tilni masofadan turib o‟qitishning ilg`or metodlarini yaxshi o‟zlashtirganliklari va shu metoddan samarali foydalana bilish mahorati muhim ahamiyatga ega bo‟lib, bu o‟quvchilar til bilimlarini shakllanishi va malakalarini rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi.
O‟qituvchilarning chet til o`qitish metodlari haqidagi bilim, ko‟nikma va malakalari chet til darslariga tayyorgarlik ko`rish va ularni yaxshi tashkillash va olib borishga, o`quvchilarning o‟zlashtirishlari hamda sohaviy qo‟shimcha adabiyotlar o‟qish jarayonida zarur va foydali ma‟lumotlar olish hisobiga boyib boradi.
Chet tillarni o‟rganish va o`rgatish metodlarni vaqti vaqti bilan almashtirib turish o‟quvchilarga ta‟lim tarbiya berish, ularni har tomonlama rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Ishning ilmiy yangiligi:
Hozirgi kun sharoitida chet til ta`limini yangi zamonaviy axborot texnalogiyalari yordamida o`rganish va o‟rgatishning, hususan masofaviy ta`limning nazariy asoslari o`rganib chiqildi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi, o‟quvchilarning chet tillarni egallash jarayonida chet til o‟qitish metodining o‟rnini aniqlashga muvoffaq bo‟lindi; o‟quvchilarga chet tillarni o‟rgatish samaradorligini oshirishning optimal usullari aniqlandi; o‟quvchilarning chet til darslarida yangi metodlar haqida,
masofaviy ta`limning bilim va malakalarini rivojlantirishdagi o`rni va roli nazariy jihatdan asoslandi va amaliy tavsiyalar tarzida ishlab chiqildi.