O’zbekiston respublikasi oliy vao’rta maxsus ta’lim vazirligi


O’zbekistonda chet tillarni o’rganish muammolari va istiqbollari



Yüklə 136,58 Kb.
səhifə6/10
tarix02.04.2023
ölçüsü136,58 Kb.
#92541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O’zbekistonda chet tillarni o’rganish muammolari va istiqbollari.


O`zbekistonda chet tillarni o`qitishning zamonaviy davri, asosan, ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda boshlandi. Jahon urushi keltirgan oqibatlar Ozbekiston aholisininig nafaqat rus tili, balki G`arbiy Ovropa tillari, xususan, ingliz, nemis, fransuz, ispan tillarini o`qitishning zarurligini ko`rsatdi. Shuningdek, Sahrq tillari, birinchi navbatda, arab va fors tillari, hind va xitoy tillarini o`qitish ham kun tartibiga kiritildi. Shuning uchun Respublikada mahalliy kadrlarni o`qitishga alohida e`tibor berildi. Shunday bo`lsa-da hali chet tillarni o`qitish uchun zarur bo`lgan mutaxassislar va dasturlar taqchilligi sezilarli edi. Shuning uchun Moskva va boshqa shaharlarda tayyorlangan mutaxassislar O`zabekistonga taklif etildi va markazdan dasturlar olib kelindi.


Biroq markazda ishlab chiqilgan dasturlarni O`zbekiston maktablari sharoitiga moslashtirishgа birinchi urinishlarni muvaffaqiyatli deb bo`lmayli. Chamasi, bunga sabab dasturlarni maxalliylashtirish masalalari metodikada umuman ko`rilmaganligida bo`lsa kerak. Ammo bunday moslashtirilgan dastur bilan ishlab bo`lmasligini hayotning o`zi ko`rsatdi. "Chet tillar o`rgatishni yaxshilash to`g`risida" hamda "Chet tillar o`qituvchilari tayyorlash haqida"gi (1947 yil) markaziy hukumat qarorlari Chet tillar o`qitishni yo`lga qo`yishda sezilarli bosqich bo`ldi. O`zbekiston hukumati 1948 yilda "Chet tillar o`qitishni yaxshilash to`g`risida" va "Chet til muallimlari tayyorlashni tashkil etish haqida" qaror qabul qildi. Toshkent Chet tillar institutini ochish taklif qilindi va bu institut 1948 yilda tashkil etildi. 1949 yili institut qoshida sirtqi bo`lim, 1960 yilda esa kechki bo`lim ochildi.1959 yilga kelib, O`zbekiston Maorif vazirligi ma`lumotiga qaraganda, chet tillar jumhuriyatdagi maktablarning 37 foizida o`qitilgan.
50-yillarda rus maktablari uchun chet til bo`yicha nashr etilgan dastur va darsliklarni o`zbek maktablarining xususiyatlariga monand moslashtirish ishlari davom ettirildi. Muallimlar O`zbekiston maktablarida ishlashga doir dastlabki metodik maqola va ko`rsatmalar oldilar. Masalan, 1959 yilda "Dopolnitel'noe samostoyatel'noe chtenie na inostrannom yazike v shkolax Uzbekistana" qo`llanmasi bosmadan chiqdi. Shunday qilib, maktab faqat o`quv qo`llanmasi emas, balki metodik adabiyot ham ola boshladi.
Chet tillar o`rganishni istovchilar uchun kurslar ochilishi oltmishinchi yillardagi chet til o`qitish sohasida jiddiy o`zgarish bo`ldi. Chet tillar institutida va fakul'tetlarida mahalliy xalqlar vakillarining soni oshdi. Agar 1961/62 o`quv yilida Toshkent davlat Chet tillar pedagogika instituti (TDCHTPI) da o`qiyotgan 1377 studentdan 997 tasi, ya`ni 72 foizga yaqini o`zbeklarni tashkil etgan bo`lsa 1970/71 o`quv yiliga kelib institutda 2672 talaba o`qidi, ulardan 2267 kishi, ya`ni 84 foizi o`zbeklar edi. 1962 yilda TDCHTPI qoshida ikki yillik oliy pedagogik kurslar, 1969 yildan O`rta Osiyo oliy o`quv yurtlarining chet til muallimlari malakasini oshirish fakul'teti ishlay boshladi. Bu kurslar yuqori malakali kadrlar tayyorlashning nufuzli o`chog`iga aylandi.
Yetmishinchi yillarning boshida chet til o`qitish mazmunini belgilashda jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Shu yillarda o`zbek maktablari uchun original dastur yaratildi. Dastur loyiqasi 1968 yilda e`lon qilingan edki.
Saksoninchi yillarda ilmiy tadqiqotlar izchil davom ettirildi. Maktabda Chet til o`qitish muammolarini yoritadigan nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi:

  1. X. Saynazarov. Obuchenie leksike angliyskogo yazika v starshix klassax uzbekskoy shkoli. Avtoreferat kand. diss. -L., 1982;

  2. T. K. Sattarov. Metodicheskoe soderjanie obucheniya aktivnoy grammatike angliyskogo yazika v uzbekskoy sredney shkole. Avtoreferat kand. diss. - Moskva, 1982;

  3. M. M. Mamadjanova. Formirovanie retseptivnix grammaticheskix navikov angliyskogo yazika u uchashixsya na nachal'nom etape obucheniya.-Avtoreferat kand.diss.- Moskva, 1982;

  4. Yu. Э. Temirov. Eksperimental'noe issledovanie effektivnosti perevodnix uprajneniy pri obuchenii grammaticheskomu stroyu angliyskogo yazika (nachal'naya stupen' shkol'nogo obucheniya). Avtoreferat kand. diss. - Kiev, 1983).

Oliy o`quv yurtida frantsuz va nemis tili o`qitish metodikasidan nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi:

  1. N. Bakaev. Metodika obucheniya ponimaniyu form proshedshego vremeni frantsuzского glagola pri chtenii literaturi po spetsial'nosti (v natsional'nix gruppax istoricheskix fakul'tetov pedinstitutov Uzbekistana), Avtoreferat kand. diss. Kiev, 1985;

  2. R. N. Kremer. Obuchenie rechevomu sintaksicheskomu naviku nemetskogo yazika studentov natsional'nix grupp (na materiale I kursa yazikovogo vuza). Avtoreferat kand. diss. - Leningrad, 1987;

  3. M.S. Dadaxodjaeva. Formirovanie ritmiko-intonatsionnix navikov viskazivaniya na nachal'nom etape yazikovogo vuza (pri kontakte nemetskogo yazika s uzbekskim). Avtoreferat kand. Diss. - Moskva, 1987).

Metodik tadqiqotlardan tashqari chet tillar materialida pedagogika masalalariga bag`ishlangan nomzodlik dissertatsiyalarini jumhuriyat chet til muallimlari va metodistlari himoya qilishgan:

  1. R. A. Zaripova - 1969;




  1. T. B. Hamdamov - 1973;




  1. B. Jabborov - 1975;




  1. A. P. Uporova -1979;




  1. D. A. Fozilova - 1979;




  1. E. Ergashev- 1983.

Xorijiy tillar hozirgi kunda maktab va madrasalarda, oliy o‟quv yurtlarida va kollejlarda yetakchi fanlar sifatida o‟qib-o‟rganilmoqdaki, buning samarasi o‟laroq yoshlarimiz rus, ingliz, olmon, fransuz, fors, arab, xitoy, yapon, koreys, ispan, xind va yana qator rillarda bemalol muloqot qilishmoqdalar. Xorijiy mamlakatlarga borib, ishlarini bitirib, malakalarini oshirib qaytmoqdalar va xokazo. Xullas, xorijiy tillar jaxon xamjamiyati bilan aloqada bo‟lishimizning zaruriy vositasi sifatida xayotimizga kirib kelgan omil sifatida ko‟zga tashlanmoqda.
Respublikamizda Xorijiy tillarni ta‟limining yo‟lga qo‟yilganligi xaqida so‟z ketadigan bo‟ls, bu boradagi ishlarimiz ko‟ngildagidek. Maktab va oliy o‟quv yurtlarimiz malakaliy o‟qituvchi kadrlar, darslik va qo‟llanmalar, katta kichik lug‟at va so‟zlashuv kitoblari bilan qoniqarli darajada ta‟minlangan. Bu ishlarni chettan kelib kimdurlar qilib bergani yo‟q, balki ular o‟z millatimiz farzandlari, o‟zimizda yetishib chiqqan mutaxasislar sayi-xarakati tufayli qo‟lga kiritilmoqda. Bugungi kunda, jumladan, ingliz tili grammatikasi bo‟yicha professor Jamoliddin Bo‟ronov tomonidan yaratilgan darslik va qo‟llanmalar, fonetikasi bo‟yicha professor Abduzuhur Abduazimov yozgan ta‟lim vositalari, o‟qitish metodikasi bo‟yicha professor Jamoliddin Jalolov qalamiga mansub darslik va dasturlar, tarjima nazariyasi bo‟yicha professor Qudrat Musayev yozgan darslik va lug‟atlar o‟zbek tolibul ilmlarning dasturil amallari sanaladi.
Respublikamizda xorijiy tillar ta‟limi bo‟yicha ish olib borib, muayyan yutuqlarni qo‟lga kiritgan olimu fozillarning son sanog‟i yo‟q. Quyida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti ingliz tili nazariyasi va o‟qitishmetodikasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Qudrat Musayev ilmiy pedagogik faoliyati xaqida qisqacha to‟xtaslib o‟tamiz.
1957-yilda Odessa davlat xorijiy tillar pedagogika institutining ingliz tili fakultetini namunali ko‟rsatkichlar bilan tugatgan Qudrat Musayev o‟z ilmiy- pedagogik faoliyatini Samarqand Davlat Universitetining Xorijiy tillar fakultetida boshlaydi. Yosh qudratillo padari buzrukvari izidan borib, darxol o‟zini ilmiy faoliyatga uradi. Uning birinchi kitobi “Lotin tilidan qo‟llanma” 1961-yilda meditsina nashriyotida bosilib chiqadi.
Q.Musayevning “Badiiy tarjima va nutq madaniyati” (1976), “Badiiy tarjimaning leksika-frazeologiya masalalari” (1978), “tarjima tili madaniyati” (19 kitoblari tarjima nazariyasi va tanqidchiligiga birmuncha keng miqyosda yondashish imkoniyatini berdi.
Qudrat Musayevning 2005-yilda “fan” nashriyotida chop etilgan “Tarjima nazariyasi asoslari” nomli darsligi o‟qituvchi va talabalar e‟tiborini tortdi, o‟quv jarayonida qo‟llanilmoqda.
O‟zbek tarjimashunosligi tarixi varaqlansa , bu fan bo‟yicha yozilgan kitoblar va boshqa ilkmiy ishlarning aksariyati rus-o‟zbek va o‟zbek-rus tillari materialida bajarilganligiga guvox bo‟lamiz. Xorijiy tillardan o‟zbek tiligas qilingan tarjimalar turli dissertatsion tadqiqotlar va ayrim maqolalarda fragmentar o‟rganib kelinsada, yaqin-yaqingacha ushbu yo‟nalishda to‟plangan ilmiy amaliy tajribalarni umumlashtirgan darslik va qo‟llanmalar yo‟q xisob edi. Ana shun day mas‟ul va mushkul vazifani yechish inglizshunos olim professor Qudrat Musayev zimmasiga trushdi.
Qudrat Musayev 2003-yilda Respublikamizda birinchi bo‟lib oliy o‟quv yurtlari uchun “Ingliz tili stilistikasi” nomli darslik chop ettirdiki, u hozirda talaba va o‟qituvchilarning sevimli o‟quv qo‟llanmasiga aylanib qoldi.
Chet tili o‟qitish metodikasini O‟zbekistonda rivojlanishi.


Mustaqillik tufayli yurtimizda iqtisodiy, siyosiy, madaniy soxalarda tub o‟zgarishlar bo‟lmoqda. Yoshlarni jaxon andozalari asosida bilimli, yuqori ma‟naviyatga ega bo‟lgan komil inson qilib tarbiyalash davr talabi bo‟lib qolmoqda. Jumhuriyatda xalqaro munosabatlarning tobora rivojlanib borishi, turli sohalarda ham xamkorlikni oshishiga, kuchayishiga sabab bo‟lmoqda. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‟rsatayotgan o‟nlab chet el korxona va muassasalari, qo‟shma korhonalar fikrimiz dalilidir.
Turli sohalarda mutaxasislarni tayyorlaydigan oliy o‟quv yurtlarida, institutlarida chet til o‟qitishning o‟ziga xos xususiyatlari mavjud.
Ixtisosligi chet tili bo‟lmagan oliy o‟quv yurtlarida talabalarga chet til o‟rgatishning asosiy maqsadi, o‟qish, tushunish va o‟zining tor soxada malumot berishidir. Tildan mutaxassislik bermaydigan ixtisos uchun chet tilni amaliy o‟rganishdajonlangan sohadagi matnlarni o‟qish va dastur doirasidagi og‟zaki nutq mavzulari yuzasidan chet tilda fikr almashish egallanadi.
Ixtisosligi chet tili bo‟lmagan talabalar chet til o‟rganishda dasturiy chegaralangan meyorda o‟qish va gapirish bilan mashg‟ul bo‟ladilar. Chet til o‟qitishning ta‟limiy maqsadiga binoan talabalar tafakkurini o‟stirish, sohaviy bilim saviyasini oshirish va til tajribasini boyitish vazifalari xal etiladi.
Respublikamizda xorijiy til ta‟limini takomillashtirish soxasida so‟ngi paytlarda qator ilmiy ijobiy ishlar qilinmoqda. M-n. Xorijiy filologiya mutaxassisligiga yo‟nalgan akademik litsey, gimnaziyalar tashkil etilmoqda, ta‟lim muassasalarining barcha turlarida “Chet tili” predmetiga ajratilgan soatlar miqdori ko‟paytirildi, o‟quvchi – talabalar zamonaviy darslik, o‟quv qo‟llanmalari bilan taminlanmoqda, xorijiy tillar bo‟yicha turli tanlov-ko‟rik olimpiadalar o‟tkazilmoqda, xorijiy filologiya va uni o‟qitish metodikasiga oid ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda, ilmiy anjuman, seminarlar tashkil etilmoqda, risola va maqolalar chop etilmoqda.
Amalga oshirilayotgan tadbirlar ta‟lim samarasiga ijobiy ta‟sir etmoqda. Xorijiy tillarda erkin muloqot qiladigan kishilar soni ortib bormoqda, xorijiy tillarda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda, adabiyot, san‟at, fan texnika soxasidagi adabiyotlar xorijiy tillardan o‟zbek tiliga, o‟zbek tilidan xorijiy tillarga bevosita tarjima qilinmoqda va boshqalar. Biroq yuqorida sanab o‟tilgan va boshqa yutuqlar bilan bir qatorda xorijiy til ta‟limi tizimida bir qancha muammolar mavjud.
Talabalarning xorijiy tilda og‟zaki muloqot qilish, o‟rganilayotgan tilda bitilgan asliyatdagi adabiyotni o‟qishga o‟rgatish kabi masalalar xorijiy til ta‟limining vazifalari sifatida qaralgani to‟g‟ri. Biroq talabalarni yozma muloqot qilish, matnni tinglab tushunish, turli hajmdagi matnlarni xorijiy tildan ona tiliga, ona tilidan xorijiy tilga tarjima qilishni o‟rgatish kabi muhim vazifalar etiborsiz qolgan. Taxlil qilinayotgan namunaviy dasturda soatlar miqdorining mavzular bo‟yicha taqsimlashda shunday jiddiy metodik xatolikka yo‟l qo‟yilganki, bu xato mazkur
dastur qiymatini chippakka chiqargan. “Xorijiy til” ta‟limiga ajratilgan soat miqdori dasturda quyidagicha taqsimlangan: “Fonetika”-20-soat, “Fonetika” -46 soat, “grammatika” -48 soat, “grammatika” -60 soat, “matnanotatsiyasi” -30 soat va “Reting o‟tkazish” -12 soat. Mazkur taqsimotga ko‟ra talabalarning nutq faoliyatini turlarini o‟rgatish o‟rniga, ularga til aspektlari – fonetika va grammatikani o‟rgatishimiz kerak bo‟ladi. Xorijiy til ta‟limini tashkil etishga bunday yondashish ta‟lim maqsadini amalga oshirishga zid xoldir.
Namunaviy dasturda “xorijiy til” predmetiga ajratilgan soat miqdori shu fan oldiga qo‟yilgan maqsad va vazifalarni talabalarning mustaqil ishlarini to‟g‟ri tashkil qilmasdan amalga oshirishga imkon bermasligi tajribadan malum. Biroq mazkur dasturda talabalarning mustaqil ishlari xaqida umuman so‟z yuritilmagan.
Xorijiy tilni o‟rgatishda leksik materialni axamiyati cheksizdir. Shu boisdan xam xorijiy til leksikasini o‟rgatish masalalari jahon tillar o‟qitish metodikasida keng yoritilgan.
Chet tillarni o„rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida Prezident qarori
10.12.2012 20:36

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori




Qayd etib o„tilsinki, mamlakatda O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o„qitishning kompleks tizimi, ya‟ni uyg„un kamol topgan, o„qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo„naltirilgan tizim yaratildi.
Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o„qituvchilari tayyorlandi, umumta‟lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo„yicha multimedia darsliklari, boshlang„ich sinflarda ingliz tilini o„rganish bo„yicha elektron
resurslar tayyorlandi, umumta‟lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko„proq lingafon kabinetlari jihozlandi.
Shu bilan birga, chet tillarni o„rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko„rsatmoqdaki, ta‟lim standartlari, o„quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg„or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to„liq javob bermayapti. Ta‟lim asosan an‟anaviy uslublarda olib borilmoqda.Ta‟lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o„rganishni tashkil qilish, shuningdek, o„qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o„quv- uslubiy materiallar bilan ta‟minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o„qitishning ilg„or uslublarini joriy etish yo„li bilan, o„sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o„qitish, shu tillarda erkin so„zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko„lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida:

  1. Belgilab qo„yilsinki, 2013/2014 o„quv yilidan boshlab:

Respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o„rganish umumta‟lim maktablarining birinchi sinflaridan o„yin tarzidagi darslar va og„zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o„qish va grammatikani o„zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi;


oliy o„quv yurtlarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo„yicha o„qitish chet tillarda olib boriladi;
umumiy o„rta, o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalarining o„quvchilari va o„qituvchilarini chet tillar bo„yicha darsliklar va o„quv-uslubiy komplekslar bilan ta‟minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda qayta nashr etish, O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg„armasining aylanma mablag„lari hisobidan bepul amalga oshiriladi.

  1. O„zbekiston Respublikasi ta‟lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni o„rganishni kengaytirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Dasturga kiritilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarga muvofiq sifatli va o„z vaqtida bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, boshqa vazirliklar, idora va ijrochi-tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.

  1. Chet tillarni o„rganishni yanada rivojlantirish bo„yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o„rinlarda – Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin, O„zbekiston davlat jahon tillari universiteti uning ishchi organi etib belgilansin.

Muvofiqlashtiruvchi kengash (A.Ikromov) manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda hamda yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda:
2013-yilning 1-martigacha bo„lgan muddatda har bir ta‟lim bosqichida chet tillarni bilish darajasining aniq mezonlarini nazarda tutuvchi yangi ta‟lim standartlari tasdiqlanishini ta‟minlasin;
2013-yilning 1-mayigacha bo„lgan muddatda umumta‟lim maktablarining birinchi sinfidan boshlab chet tillar ta‟limini uzluksiz joriy etilishini, shuningdek, ta‟limning barcha bosqichlarida uning davomiyligini nazarda tutuvchi umumta‟lim maktablari, o„rta maxsus, kasb-hunar va oliy o„quv yurtlarining yangi o„quv rejalari va dasturlari tasdiqlanishini ta‟minlasin;
ta‟lim standartlari, o„quv dasturlari va rejalari, darsliklarni ishlab chiqish, shuningdek, ta‟lim jarayonini tashkil etish uchun yetakchi xorijiy o„quv markazlarini, chet tillar bo„yicha xalqaro ekspertlar va mutaxassislarni jalb etsin;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda chet tillarni o„qitish tizimi tubdan qayta ko„rib chiqilishi va kuchaytirilishini, o„quv yakunlari bo„yicha umume‟tirof etilgan testlar (imtihonlar) topshirilishini ta‟minlasin.

  1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, Markaz xodimlarining soni 12 kishiga ko„paytirilsin va uning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:

xalqaro e‟tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
o„rganuvchilarni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlashni to„lov asosida test o„tkazish (jumladan, Internet orqali masofaviy) va davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishni tashkil etish;
o„rganuvchilarning mustaqil ravishda, chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash uchun, testga tayyorlanishlariga zarur ma‟lumotlarni tayyorlash va Internet tarmog„iga joylashtirish.
Markazning byudjetdan tashqari daromadlari hisobidan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markazga to„lov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etish huquqi berilsin.

  1. Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, ikki oy muddatda, 2015/2016 o„quv yillaridan boshlab, barcha oliy ta‟lim muassasalariga kirish testlari blokiga xorijiy tilni kiritish bo„yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  2. Shunday tartib o„rnatilsinki, unga muvofiq:

Umumta‟lim maktablari, o„rta maxsus, kasb-hunar o„quv muassasalarida chet tillar o„qituvchilariga zarur ehtiyoji bo„lgan uzoq tumanlar va qishloq aholi punktlarida yashayotgan aholi ichidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyanomalari asosida chet tillar o„qituvchilari ixtisosligiga oliy ta‟lim muassasalariga maqsadli qabulni amalga oshirishga ruxsat etiladi;


maqsadli qabul asosida oliy ta‟lim muassasasiga o„qishga qabul qilingan shaxslar, o„qishni bitirganlaridan so„ng, o„zlari yashaydigan joylarda joylashgan va mahalliy davlat hokimiyati organlari tavsiyanomalarida ko„rsatilgan ta‟lim muassasalarida 5- yildan kam bo„lmagan muddatda olingan mutaxassisliklari bo„yicha ishlab berishlari shart.

  1. O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi va Moliya vazirligining chet tillar o„qituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan rag„batlantiriluvchi to„lovlar va qo„shimchalarni hisoblashda, ularning lavozim maoshlari tarkibiga kiritgan holda qishloq joylarda joylashgan ta‟lim muassasalarida ularning tarif stavkalariga 30 foiz va boshqa ta‟lim muassasalarida 15 foiz stavkalari miqdoridagi har oydagi qo„shimchalar qo„shib berishni belgilash to„g„risidagi taklifi qabul qilinsin.

  2. O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi markazi uch oy muddatda, moliyalash manbalari Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg„armalar, xorijiy kreditlar va xalqaro grantlar, shuningdek, homiylar va xayriyachilar mablag„lari ko„zda tutilgan holda, 2013-2016-yillarda ta‟lim muassasalari xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va o„qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan (qo„shimcha jihozlash) jihozlashning jadallashtirilgan dasturini ishlab chiqsin hamda O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


  1. O„zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo„mitasi, O„zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O„zbekiston Milliy axborot agentligi, bolalar va yoshlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini inobatga olgan holda, quyidagilarni ta‟minlasin:

televideniye, shu jumladan mahalliy telekanallar orqali bolalar va o„smirlarni xorijiy tillarga o„rgatish bo„yicha ko„rsatuvlar tayyorlash hamda ularni translyatsiya qilish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jahon ilmi va texnikasiga bag„ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni o„zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam ko„rsatib borishni amalga oshirish;
“ZiyoNet” tarmog„i orqali ta‟lim muassasalarining xalqaro ta‟lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini sezilarli orttirish, uning resurs markazini multimElektron darslikiya resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil uskunalar uchun ilovalar bilan boyitish, shuningdek, ingliz tilida o„quv va badiiy adabiyotlar,
ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazetalar va jurnallarni chop etish, ularga maxsus ruknlar hamda ilovalarni tashkil qilish.

  1. 2013-yildan boshlab O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslangan hisob-kitoblar bo„yicha har yili byudjet mablag„lari ajratilishini nazarda tutsin.

  2. O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o„zgartish va qo„shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar, shuningdek, idoraviy me‟yoriy hujjatlarga tegishli o„zgartishlar kiritsin.

  3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosari A.Ikromov zimmasiga yuklansin.

    1. Yüklə 136,58 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin