Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88
Ona tili 11 sinf

 
29-mashq.
Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» kitobidan olin-
gan par chani o‘qing. 
Tavsif
va 
tasvir
so‘zlarining ma’nolari, 
ulardagi farqli jihatlar va qo‘llanish o‘rinlarini yodda tuting.
 
Ba’zan nutqda ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlarning biri o‘rnida ikkin-
chisini ishlatish hollari uchrab turadi. Bu nutqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ba’zilar 
tavsif
so‘zi o‘rnida 
tasvir
so‘zini ishlatadilar. Vaholanki
tavsif
 
va 
tasvir
so‘zlarining orasida ma’no farqi va ularning har qaysisining o‘z 
ishlatilish o‘rni bor. 
Bir narsa sifatlarining og‘zaki yoki yozma bayoni – 
tavsif
, surati, 
shakli, rasmi esa 
tasvir
bo‘ladi. Tavsifdan kishida tushuncha hosil bo‘ladi, 
tasvirdan tasavvur vujudga keladi. Masalan, bir mashinaning tuzilishi va 
ishini bayon qilish – bu o‘sha mashinaning tavsifi, shu mashinaning rasmi 
yoki tuzilish chizmasi uning tasviridir. Yana bir misol: miya tuzilishini 
so‘z bilan tushuntirish – 
tavsif
, uning rasmi yoki chizmasi 
tasvir
bo‘ladi.
Ba’zan 
tasvir
so‘zi bayonga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin. Ammo 
u faqat badiiy bayonni anglatadi yoki 
tavsif
darajasida bo‘lganini bildiradi. 
Masalan, yozuvchi parovozni biror boshqa narsaga o‘xshatsa yoki parovoz 
pishqirib kelmoqda desa, aslida, bu ham 
tavsif
bo‘lsa-da, ya’ni so‘z bilan 
ba 
yon etilgan bo‘lsa ham, buning asosida tasavvur yotganligi uchun 
tasvir
deyish mumkin. Shunday qilib
tasvir
so‘zi 
tavsif
so‘zi o‘rnida faqat badiiy 
tavsifga nisbatan va ko‘chma ma’noda qo‘llanishi mumkin ekan. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin