27
2-topshiriq.
Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» asaridan olin-
gan parchani o‘qing. O‘zbek tilida ma’nodoshlik hodisa-
sining na
moyon bo‘lishiga diqqat qiling.
Havo harakatini bildiruvchi so‘zlar
yel, bod, shamol, janub, sabo,
dabur, dovul, shurta, esin, nasim, shabboda, tundbod, garmsel, samum,
sarsar, izg‘irin, bo‘ron, bo‘rag‘on, purga, to‘fon, tayfun, urag‘an yoki
ura-
gan, girdbod, quyun, uyurmadir.
Shamol so‘zining o‘zi, aslida, shimoldan esgan yelni bildiradi.
Lekin
hozirgi o‘zbek tilida bu so‘z keng ma’noda qo‘llanadi. Maxsus eski kitob-
larda janubdan esgan yel
janub deb ataladi, ammo bugungi o‘zbekchada
janub so‘zi mazkur ma’noda butunlay ishlatilmaydi. G‘arbdan esgan
yel
eski kitoblarda
dabur deyilgan, ammo hozir bu so‘z
dovul shaklini
olgan
va vayronalik keltiradigan kuchli shamolni bildiradigan so‘zga aylangan.
Sabo so‘zi she’rda ko‘p ishlatilgani uchun o‘z shakli va ma’nosini
o‘zgartirmagan. Sharqdan esadigan yel
sabo deb ataladi.
Sabo – tong
yeli degan fikr ham bor. Bu fikrning paydo bo‘lishiga tongda ko‘pincha
Sharqdan yel esib turishi sabab bo‘lgan.
Esin, nasim va
shabboda yoki
shabada so‘zlari mayin yelni bildiradi.
Samum va
garmsel so‘zlari issiq shamolni,
sarsar, izg‘irin yoki
izg‘iriq
sovuq shamolni bildiradi. Bir ishni qilayotganda kishiga yordamlashadigan,
masalan, kemani
kerakli tomonga suradigan yel shurta deb ataladi.
Bo‘ron, buran, burya, purga degan so‘zlarning kelib chiqishi bir. Bular
«bo‘ron» ma’nosidagi
bo‘r o‘zagidan yasalgan so‘zlardir.
Mazkur so‘zlarning rus va o‘zbek tillaridagi ma’nolari haqida gapiradi-
gan bo‘lsak, ruschada
buran deganda, asosan, cho‘l
yoki dalada qishda
yerdagi qorlarni to‘zg‘itadigan kuchli shamol tushuniladi. O‘zbek tilida bu
ma’noda
izg‘irin yoki
izg‘iriq so‘zlari qo‘llanadi.
O‘zbek tilida
bo‘ron deganda, umuman, shiddatli shamol tushuniladi.
Rus tilida bu ma’noda
burya so‘zi qo‘llanadi. Amerika qit’asi atrofi-
da bo‘ladigan o‘ta kuchli okean shamolini
urag‘an yoki
uragan,
janubi
sharqdagi Tinch okeanning kuchli shamolini
tayfun deb ataydilar. Yog‘in,
shamol va sel natijasida yer yu
zini yoki uning katta qismini suv bossa,
buni
to‘fon deyiladi.
Tayfun bilan
to‘fon so‘zlarining kelib chiqishi bir.
Aylanma shamolga nisbatan o‘zbek tilida
quyun,
uyurma va
gird-
bod so‘zlari qo‘llanadi. Havoshunoslikda
siklon deb
havoning bulutlarni
quyuqlashtiradigan aylanma harakatiga aytiladi.