7. Mavzu: Ilmiy tadqiqot metodlari va usullari.
Reja:
1.Ilmiy tadqiqоt jarayonining asоsiy tushunchalari.
2. Fan va ijоd, mеtоd va mеtоdоlоgiya.
3.Ilmiy yo`nalish, muammо va mavzu tushunchalari bo`yicha
egallangan nazariy bilimlarni mustaхkamlash va chuqurlashtirish.
Ijod deganda keng ma`noda ob`ektga (butun
atrof muxit yoki uning
ozmi ko`pmi ajratib olingan, alohida bo`lagiga) sub`ektning (alohida shaxs,
ijtimoiy tabaqa, jamiyatning) faol, izchil ta`siri tushuniladi. Mazkur ta`sir
jarayonida sub`ekt o`zini qurshagan muxitni o`zgartiradi, shu paytgacha
ko`rilmagan, bilinmagan, o`rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi
yoki kashf etadi.
Ijodiy jarayon davomida shaxs ham dunyoni o`zgartiradi, ham o`zini
yaratuvchi, ijodkor sifatida kashf etadi. Insonning
ijodi bu shaxsning tub
xususiyati, uning immanent xossasidir: shaxsning, uning qobiliyatlari va
ko`nikmalarining rivojlanish darajasi,
shuningdek, uning ijtimoiylashganlik
darajasi uning ijodiy bunyodkorlik faolligi bilan belgilanadi.
Ijod shaxsning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyatini ro`yobga chiqaradi.
Shaxs ijod usuli bilan yangilik yaratadi, xilma xil muammolarni qo`yadi va
hal qiladi, ularning o`ziga
xos yechimlarini, ba`zan bunday yechimlarga nisbatan
betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. Ijodiy faollikda tadqiqotchi,
yaratuvchi, olim shaxsining o`ziga xosligi va betakrorligi namoyon bo`ladi. Ijodiy
faollik sub`ektga muttasil o`zgaruvchi, rivojlanuvchi,
ichki ziddiyatlarga boy
ob`ektning kurashga chorlovlariga munosib javob qaytarishga ko`maklashadi.
Ijod jarayonining bu jixati ilmiy bilish jarayonida, ayniqsa, yorqin
namoyon bo`ladi. Ilmiy tadkiqotdagi barcha yondashuvlar,
shakllar, vositalar va
metodlar ilmiy xususiyatga ega.
Fan - bu rivojlanuvchi, o`sib boruvchi bilim tizimi,
ijtimoiy ongning va
kishilik sivilizatsiyasi ijodiy bunyodkorlik amaliyotining insonning o`zini
qurshagan olamni surunkali va chuqur o`zlashtirishiga, tabiiy va ijtimoiy
voqelikning borliq qonuniyatlari to`g‘risida aniq, chuqur, haqqoniy axborot olish,
bunday axborotni o`zlashtirish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga
yo`naltirilgan alohida shaklidir.
Bugungi kunda fan hozirgi zamon axborot jamiyatining arxetipidan
mustahkam o`rin olgan. Bunda borliqning tuzilishini
ijodiy bilish instituti
sifatidagi fanning epistemologik, kreativ evristik funksiyasi alohida ro`l o`ynaydi.
Hozirgi zamon noklassik (kvant realitivistik) fanining kreativ evristik ro`li
aloxida yaratuvchi olimning ilmiy ijodida ham, ilmiy jamoalar—laboratoriyalar,
institutlar, sinov poligonlari va hokazolarning ilmiy ijodida ham o`z aksini topadi.