Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88
Ona tili 11 sinf

Ich-etini yemoq 
Ruhan azoblanmoq, ezilmoq (fikr-o‘yini bosh-
qalarga aytmay). Varianti: 
ichini yemoq; etini yemoq.
Ma’nodoshi: 
o‘z yog‘iga o‘zi qovurilmoq.
O‘xshashi: 
ichini kemirmoq; o‘zini o‘zi 
yeb qo‘ymoq.
Kayfi buzuq 
Kayfiyati yomon, xafa. Ma’nodoshi: 
ta’bi xira; ta’bi 
tirriq.
O‘xshashi: 
avzoyi buzuq.
1. Qanday nutq to‘g‘ri nutq bo‘la olmaydi?
2. Adabiy me’yor deganda nimalarni tushunasiz?
3. Adabiy me’yorning qanday turlarini bilasiz?
4. Nutqda ma’nodosh so‘zlardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish qaysi 
me’yorga asoslanadi?
5. Badiiy adabiyotda muayyan estetik maqsad bilan adabiy til me’yor-
laridan chekinish mumkinmi?
22-mashq. 
Berilgan misollarda adabiy til me’yorlariga nomuvofiq 
qo‘llangan, ammo badiiy vazifa bajargan birliklarni izoh-
lang va yozing.
1. Gulsara tim qora tuflisini do‘qillatib xonamga kirdi. – E, qal-
dirg‘ochmi u? Yaxshi odamlarning uyiga in qo‘yadi deyishadi... Kampli-
ment emas, Quvvatjon... Singlimmi uyida den rojdeniyada edik. Uning eri 
shishkalardan. Sudya. (Sh. Xolmirzayev) 2. Hademay bir-ikkita sovlig‘im 
qo‘zilaydi. Og‘iz ichgali bemalol tashrif buyurishlaring mumkin. 
(Sh. Xolmirzayev) 3. Akalari izidan Samarqand borsa, «Ko‘nglim shuni 
xohladi, borib aytinglar otamga», – deb ularni qaytarib yuborgan ekan. 
(Erkin A’zam) 4. Yo‘q, qorin janoblari to‘qlar, ertalab baliq yegan edik
faqat choy bo‘lsa kifoya, – dedi u kulib. (N. Aminov)


23
yOzmA NuTqNINg
TO‘g‘rILIgI VA mE’yOr 
Topshiriq.
 
Berilgan gaplardagi imlo me’yorlariga amal qilinmagan 
o‘rinlarni aniqlang.
1. Fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda ja-
moatchilik komissiyalarining o‘rni sezilarli bo‘layapti. 2. «Barakalla ota-
o‘g‘il, bopladingiz!» O‘g‘li Hasanboyni bag‘riga mahkam bosib, shun-
day deyishni diliga tukkan Ma’rufjon Hayitboyevni suhbatga tortamiz. 
(Gazetadan)
Siz bilasizki, adabiy tilning yozma shaklida to‘g‘rilik sifatining 
ta’minlanishi uchun yana ikki turli me’yorga amal qi 
lish lozim. 
Bu me’yorlar quyidagilardan iborat: 1) imlo (orfografik) me’yor-
lari; 2) tinish belgilari (punktuatsion) me’yorlari.
Imlo me’yorlari mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shu-
ningdek, tarixiy an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida 
tayyorlanadi va tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Bu 
qoidalar ayni paytda imlo lug‘atlarida o‘z aksini topadi. Imlo 
qoidalari savodxonlikni ta’minlashning asosi hisoblanadi.
Yozuv madaniyatini shakllantirishda tinish belgilarini qo‘llash 
qoidalarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning 
harflar, raqamlar kabi boshqa vositalari hamda so‘zlar, morfema-
lar kabi til birliklari bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha 
fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifo-
dalashda favqulodda muhim o‘rin tutadi. Siz ol 
dingi sinflarda 
xabardor bo‘lganingizday, bu belgilar tilning sintaktik quri 
lishi bi-
lan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon 
qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda 
benihoya zaruriy vositadir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin