Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88
Ona tili 11 sinf

18
yoki e bo‘lsa, ya’ni omixtan yoki omextan deyilsa, «aralashmoq, aralashtir-
moq» degan ma’noda bo‘ladi, agar i yoki e o‘rnida u bo‘lsa, «o‘rganmoq, 
o‘rgatmoq» degan ma’no chiqadi. Omez yoki omiz bo‘lsa, «aralashar, 
aralashtirar», omuz bo‘lsa «o‘rganar, o‘rgatar» ma’nolarini ang 
latadi. Bino-
barin, hayratomuz emas, hayratomiz degan to‘g‘ridir. Chunki hayratomuz 
deyilsa, «hayrat o‘rgatar» tarzidagi ma’no chiqadi. Omixta so‘zi ham shu 
fe’ldan bo‘lib, buning ma’nosi «aralash» de 
gani. Shuning uchun omuxta 
yog‘ deganga nisbatan omixta yog‘ degan to‘g‘riroq bo‘ladi. Omixta va 
omizning ayrim shevalar nuqtayi nazaridan omuxta va omuz deb aytilishi 
xato emas, chunki mdan keyingi ining m ta’sirida lablanib uga aylanishi 
qonuniy hodisadir, ammo adabiy til nuqtayi nazaridan hayratomiz bilan 
ibratomuzdagi omiz va omuzni farqlash lozim. Birinchisi «hayrat aralash», 
ikkinchisi «ibrat o‘rgatar» degan ma’nodadir. (A. Rustamov)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘a-
ti»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular 
ishti 
rokida gaplar tuzing.
Ipidan ignasigacha 
Butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha 
batafsil. Varianti: 
ignasidan ipigacha
Ma’nodoshi: 
miridan sirigacha; 
qilidan quyrug‘igacha.
O‘xshashi: 
boshdan oyoq.
Istarasi issiq 
Xush ko‘rinishli, yoqimli, jozibador.
Varianti: 
yulduzi 
issiq; sitorasi issiq.
Zidi: 
so‘xtasi sovuq.
1. Nutqning asosiy maqsadi haqidagi mulohazalaringizni ayting. 
2. Nutqning kommunikativ sifatlari deganda nimani tushunasiz?
3. Nutqning to‘g‘rilik sifatini tavsiflang.
4. Madaniy nutq tushunchasini izohlang.
5. Nutq madaniyatining birinchi va ikkinchi – oliy bosqichlari haqida 
gapiring.
16-mashq.
Matnni ko‘chiring, gapda so‘zlarning qanday bog‘lanayot-
ganini aniqlang.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin