Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
Ona tili 11 sinf

11-mashq. 
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asari-
dan olingan parchani o‘qing, undagi fikrlarga o‘z muno-
sabatingizni bildiring. 


15
Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til 
va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur... 
Zig‘ir yog‘i solub, moshkichiri kabi
qilub, aralash-quralash qilmak tilning 
ruhini buzadur. Bobolarimizga
yetushg‘on va yaragan muqaddas til va 
adabiyot bizga hech kamlik qilmas...
Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og‘iz orasidagi tilni 
ham saqlamak lozimdur. Chunki so‘z insonning daraja va kamolini, ilm 
va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurgan tarozusidir. Aql sohiblari kishining dilida-
gi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan 
bilurlar... Boshimizga keladurgan qattig‘ kulfatlarning ko‘pi yumshoq tili-
mizdan keladur. Shuning uchun: «Ko‘p o‘yla, oz so‘yla», – demishlar. 
Tillarning eng
yaxshisi – so‘zga usta til, so‘zlarning eng yaxshisi bilib, 
oxirini o‘ylab so‘ylangan so‘zdur.
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lu-
g‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular 
ishtirokida gaplar tuzing.
jon kuydirmoq
Ruhan kuchli bezovtalangan holda g‘amxo‘r 
bo‘lmoq.
yuziga oyoq qo‘ymoq 
Behur 
mat qilish darajasida hisoblashmaslik. 
Varianti: 
yuziga oyoq bosmoq; yuziga oyoq tiramoq.
1. Nutq odobi deganda nimani tushunasiz?
2. Ulug‘ allomalarimizning so‘zni qadrlash, nutq odobining zaruriyati 
haqidagi qanday hikmatlarini bilasiz?
3. Nutq madaniyati va nutq odobi tushunchalarining o‘zaro munosa-
bati haqida gapi 
ring.
4. 
Nutq madaniyati jamiyat madaniyatining ko‘zgusi ekanligini mi-
sollar asosida tu 
shuntiring.
5. «Nutq madaniyati» terminining ikki ma’nosi haqida so‘zlang.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin