17
13-mashq.
Hassos shoir Erkin Vohidovning «So‘z latofati» kitobi-
dan olin
gan matnni o‘qing. Maqolni qo‘llashda nutqning
aniqligi va mantiqiyligiga yetkazilgan zarar haqida shoir-
ning mulohazalariga munosabat bildiring.
Xalqda «Mehmon otangdan aziz», «Ustoz otangdan ulug‘» degan hik-
mat bor. Biror aqlli zot, otadan ulug‘, otadan aziz inson bo‘lmaydi deb
aytgan, chog‘i, keyingi vaqtda «Mehmon otangdek aziz», «Ustoz otangdek
ulug‘» de yish urf bo‘ldi. Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi – haqiqat.
Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi.
Maqolni tahrir qiluvchi oshnolarga maslahatim bor: Agar «-dan» o‘rni-
ga «-dek» qo‘shishni juda xohlasangiz, xalqning boshqa bir iborasi borki,
uni shunday tahrir qilsa, savobli ish bo‘ladi. «To‘ylar qiling, qamishdan
bel bog‘lab xizmat qilay», – deydilar. Aslida, qamishdan bel bog‘lash
emas, qamishdek bel bog‘lab xizmat qilish to‘g‘riroq bo‘ladi.
14-mashq.
Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» kitobidan olingan
quyidagi parchani o‘qing va undagi fikr atrofida mulohaza
qiling.
Xotinlarni falonchi xonim yoki begim deb atash bor. Bu so‘zlardagi
-im qo‘shimchasini egalik qo‘shimchasi deb tushunish bor. U holda nima
uchun egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda xon bilan bek ayol kishiga ayla-
nadi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Vaholanki, xonim va begim so‘zlari-
dagi -im qo‘shimchasi egalik qo‘shimchasi emas. Qadim turkiy tillarda
«ona» ma’nosidagi uma so‘zi bo‘lgan. Begim va xonim so‘zlari tarkibidagi
-im ana shu uma so‘zining ixchamlashganidir. Demak, xonim «mening
xonim» emas, «xon ona» va begim «mening begim» emas, «beg ona»
degan ma’noda ekan.
15-mashq.
Matnni o‘qing. Mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashing.
Ba’zan hayratomizni hayratomuz shaklida ishlatadilar. Buning to‘g‘ri
shakli qaysi va omuz yoki omiz nima degani? Forscha talaffuzi omixtan,
tojikchasi omextan degan fe’l bor, ma’nosi «qormoq, qorishtirmoq, ara-
lashtirmoq, ara
lashmoq»dir. Yana omuxtan degan fe’l ham mavjud bo‘lib,
bunisi «aralashmoq, aralashtirmoq» ma’nosidadir. M tovushidan so‘ng i
|