14
Sevdirgan ham til,
Bezdirgan ham til.
So‘zning boyligi – odamning chiroyligi.
O‘ynab
gapirsang ham, o‘ylab gapir.
9-mashq.
Nutq odobining muloqotdagi ahamiyati haqida yozma
matn tuzing.
10-mashq.
Matnni o‘qing. Madaniyatlilik va nutq madaniyati o‘rta-
sidagi aloqadorlik haqida o‘rtoqlaringiz bilan bahslashing.
Gap madaniyat yoki madaniylik ustida borganda, hozirgi ba’zi yoshlar-
ning bema’ni bir asovligi haqida gapirmasdan bo‘lmaydi. Odamning o‘z
ona tiliga bo‘lgan mehr-u muhabbati va hurmati, o‘z
tilini qanchalik bi-
lish-bilmasligi undagi madaniylik darajasiga o‘lchovdir. Madaniyatning tom
mohiyatini tushungan, ya’ni madaniylik qonun-qoidalari tanasiga singib
ketgan har bir odam o‘zi gapirgan tilning sofligi,
tantanasi uchun ham-
ma vaqt jon kuydiradi. Bunday odam ruscha gapirayotganda, rus tilining,
o‘zbekcha gapirayotganda, o‘zbek tilining sofligini saqlaydi. Madaniyat-
ning
nima ekanini anglamagan, o‘z ona tilini qadrlamagan savi
yasi past
odamgina ruscha gapirib turib o‘zbekcha so‘zlarni, o‘zbekcha gapirib turib
ruscha so‘zlarni aralashtiradi. Bu esa har ikkala tilni buzish, ikkala tilning
yuziga oyoq bosishdan boshqa narsa emas!
Mazkur tillarda har qanday
fikr va mulohazani juda chiroyli qilib bildirish, har qanday lavha va
manzarani odam hushini oladigan qilib tasvirlash mumkin.
Darhaqiqat, bir tilda toza gapira olmagan yo toza gapirishni mensima-
gan odamni aslo madaniyatli deb bo‘lmaydi. Gapning qisqasi,
madaniyatli
bo‘lish uchun odamga faqat bilim, kiyim, taqinchoq, yaxshi ro‘zg‘or
ning
o‘zigina kifoya emas, shular bilan birga shirinso‘zlik, tozalik, saranjom-
lik, og‘irlik,
halollik va eng muhimi, o‘z ona tiliga muhabbat va uning
sofligini saqlashga harakat ham zarurdir.
(Mirzakalon Ismoiliy)
Dostları ilə paylaş: