104
a) KUN TARTIBI;
b) «ESHITILDI»;
d) «QAROR QILINDI».
8. Imzolar.
9. Nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi (muhr bilan).
Ba’zan bayonnomadan ko‘chirmalarda yig‘ilishda
qatnashuvchilarning
familiyasi yoki soni,
shuningdek, ko‘rilgan masala bo‘yicha muhokamada
ishtirok etganlar familiyasi ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Bayonnomaning matn qismidan faqat tashkilot
yoki shaxsga yetkazi-
lishi kerak bo‘lgan bo‘laklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala
muhokama etilgan bo‘lsa, kerakli masala bo‘yicha
qabul qilingan qaror
olinadi.
(«Ish yuritish» kitobi)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmoq
Imkoniyatini hisobga olib ish
tutmoq.
Varianti:
ko‘rpaga qarab oyoq uzatmoq.
yuragi po‘killamoq
Biror yoqimsiz
ishning yuz berishidan ha-
diksiramoq.
3-topshiriq.
Maktabingizdagi «Yoshlar ittifoqi» tashkilotining biror ma-
salaga bag‘ishlangan yig‘ilishi bayonnomasini tuzing. Uni
birgalikda tahlil qiling.
4-topshiriq.
O‘z sinfingizda o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishi bayonno-
masini ko‘chiring. Bayonnoma matnida fe’lning
qaysi nisbat
shaklidan ko‘p foydalanilganini aniqlang. Shundan kelib
chiqib, ish qog‘ozlari uslubi haqida fikrlashing.
Dostları ilə paylaş: