97
NuTq TEXNIKAsIDA urg‘u
VA TO‘XTAm (PAuzA)
1-topshiriq.
Berilgan juftliklardagi so‘zlarning urg‘u va ma’no jihatdan
farqlarini izohlang.
Olm
a
(ot) –
o
lma (fe’l);
A
kademik (ot) – akad
e
mik -(sifat).
2-topshiriq.
Berilgan gapning intonatsiyasini o‘zgartirganda, gapning
boshqa mazmuniy turi yuzaga kelishiga diqqat qiling.
Ona bolalariga ertag-u naqllar aytib berdi.
(Y. Muqimov) (darak gap)
Ona bolalariga ertag-u naqllar aytib berdi? (so‘roq gap)
Ona bolalariga ertag-u naqllar aytib berdi! (his-hayajon gap)
Nutqning madaniyligini ta’minlashda undagi ohang ham alohida
o‘rin tutadi. Nutqda yaxlit ohangning shakllanishida urg‘u, to‘xtam
(pauza), mazmuniy-hissiy intonatsiya kabi unsurlar ishtirok etadi.
Og‘zaki madaniy nutq tuzayotgan kishi ana shu unsurlarning aniq
va to‘g‘ri namoyon qilishi zarur.
Siz oldingi sinflardan yaxshi bilasizki, urg‘u ikki xil bo‘ladi,
ya’ni: so‘z urg‘usi va gap urg‘usi. Gap tarkibidagi mantiqan muhim
bo‘lak gap urg‘usi bilan ta’kidlanadi.
Nutq oqimidagi noto‘g‘ri yoki o‘rinsiz to‘xtam (pauza) hatto
fikr
ning yanglish anglanishiga ham olib kelishi mumkin. Masalan,
Hovliga ikki bolali ayol kirib keldi gapi agar
Hovliga ikki / bolali
ayol kirib keldi tarzidagi to‘xtam bilan aytilsa, «Hovliga bolasi bor
ikkita ayol kirib keldi» mazmuni anglashiladi,
Hovliga ikki bolali
/ ayol kirib keldi tarzidagi to‘xtam bilan aytilganda esa «Hovliga
ikkita bolasi bor bitta ayol kirib keldi» mazmuni ifodalanadi.
Intonatsiya gapning mazmuniy-hissiy yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: