Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88
Ona tili 11 sinf

beti shuvut 
bo‘lmoq; yuzi shamgin bo‘lmoq.
 Zidi: 
yuzi yorug‘ bo‘lmoq.
4-topshiriq.
Gaplarni ko‘chiring. Turg‘un o‘xshatishlarning nutq ifo-
daliligiga ta’sirini baholang.
1. Bo‘ldi-da endi, voy-bo‘! Bitta gapni achchiq ichakday cho‘zavera-
dimi! (Sh. Boshbekov) 2. Olomon ichidan bir kosib yigitcha bo‘ynini 
xo‘rozday cho‘ 
zib, baralla qichqirdi. (Oybek) 3. Avvallari bunday holga 
tushgan odamni ko‘rganda, xuddi jismiga paykon sanchilgan sherdek 
o‘kirib dunyolarni buzadigan Yusuf hozir miq etmasdi. (Ulug‘bek Hamdam) 
4. Butun shahar arining uyasidek qaynaydi. (Sh. Boshbekov) 5. Rangi 
uniqqan chit ko‘ylak ustidan nimcha kiyib olgan Umri xola sharpaday 
unsiz yurib keldi-da, zinadan ayvonga ko‘tarildi. (O‘. Hoshimov)
NuTq mADANIyATI VA
NuTq TEXNIKAsI 
Topshiriq.
 
Matnni o‘qing. Ovozning sifati haqidagi mulohazalaringizni 
bayon qiling.
«Sanjariya» masjidida bir kishi rag‘bat bilan azon aytar erdi, bir ovozi 
bilanki, eshitganlar andin nafrat etardilar. Masjidning sohibi bir amir erdi, 


94
odil va xush 
xulqlik. Xohlamas erdiki, aning ko‘nglini mukaddar aylasa, 
aydi: «Ey javonmard, bu masjidning qadimgi muazzinlari borki, har biri-
ning besh tillo vazifasi bordur. Senga o‘n tillo berurmen, tokim bo‘lak 
mahallaga ketarsen». 
Bu so‘zg‘a ittifoq ayladilar va muazzin ketdi. Bir muddatdin so‘ngra 
amir 
ning huzuriga qaytib keldi va aydi: «Ey amir, menga zulm-u sitam 
ayladingki, o‘n tillo bilan meni bu mahalladin jo‘natding. Ul mahallaki, 
men bordim, menga yigirma tillo berdilarki, bo‘lak mahallaga ketsam 
qabul etayurmen». 
Amir kuldi va aydi: «Aslo olmag‘aysen, zeroki ellik tillog‘a ham rozi 
bo‘lurlar». (Sa’diy Sheroziy, «Guliston»)
Talab darajasida shakllangan nutq texnikasi kishi umumiy nutqiy 
madaniyatining eng muhim qismi hisoblanadi. Nutq texnikasi degan-
da jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to‘g‘ri voqelanti-
rish ko‘nikma va malakalarining jami tushuniladi. 
Bunda ovozning sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish, to-
vush va tovush qo‘shilmalarini aniq talaffuz qilish – aniq diksiya, 
nutq oqimining mazmun ifodasiga uyg‘un tarzda tez yoki sekinligi 
kabi bir qator hodisa 
lar nazarda tutiladi. Nutq texnikasini yetarli 
darajada egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan 
boxabarlik zarur.
Fonatsiya jarayonida, ya’ni nutqni hosil qilish paytida nafas olish 
va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, nafas 
olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir 
me’yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik 
davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni 
shu nafas chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. 
Albatta, ovozning sifati ham nutq texnikasidagi muhim jihatlar-
dan biridir. Masalan, xirqiroq, chiyildoq, shang‘iroq kabi ovozlar-
ning yoqimli bo‘lolmasligi, ya’ni tinglovchi qulog‘ini qiynashi tayin. 
Bunday yoqimsiz ovozdan «libos kiygan» fikrning kattagina qismi 
nutq idrokining o‘ta sezgir va nozik darvozasi bo‘lmish quloqdan 
o‘tolmay tashqarida qoladi. Bu, albatta, nutq egasi ko‘zlagan maq-
sad – muayyan bir axborotni tinglov 
chiga tugal va ta’sirli tarzda 
yetkazish uchun qulay sharoit yaratmaydi, balki unga monelik qiladi. 
Bu oddiy haqiqatni aslo yoddan chiqarmaslik lozim. Ayniqsa, aso-



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin