Ona tili-11 sinf indd


-mashq. «Hasharda» yoki «Navro‘z» mavzusida matn tuzing, unda  turg‘un va erkin o‘xshatishlardan foydalaning. 106-mashq



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88
Ona tili 11 sinf

105-mashq.
«Hasharda» yoki «Navro‘z» mavzusida matn tuzing, unda 
turg‘un va erkin o‘xshatishlardan foydalaning.
106-mashq.
Gaplarni o‘qing. Erkin o‘xshatishlarni aniqlab, ularni 
dafta 
ringizga ko‘chiring, ma’nosini izohlang. 
1. Kulmasdan chidab bo‘lmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u 
ku 
lish – kasal odamning kulishiday og‘ir, bir xil sovuq hazillarday malol 
keltiruvchi, yolg‘on xushomadlarday ko‘ngilga uruvchi bo‘lardi. (Cho‘lpon) 
2. Hamma uyquda. Yangi yoqqan qor oyoq ostlarida g‘irchillama etik 
singari ovoz berib yotardi. To‘shakcha ustidagi dumaloq bolish – tepasi 
qor, ikki yoni quruq – chala bo‘yalgan tuxum singari chuchmal va g‘ala-
ti ko‘rinardi. (Cho‘lpon) 3. Kun issig‘idan anor yuzlari bo‘rtinib ketgan. 
Baxt yo‘llariday oq va keng manglayda marvarid donalariday mayda ter. 
(G‘afur G‘ulom) 4. Ilon chaqqan kishidek dovdir va besaranjom ko‘zlari 
bilan tevarakka bejo-bejo nazar tashlar edi. (Abdulla Qodiriy) 5. Ko‘cha-
da yuk ortilgan tuyalar ko‘p. Qing‘ir-qiyshiq ko‘cha ular uchun go‘yo 
sichqonning qopqoniday bo‘lganidan tiqilib qolishgan. (Oybek) 
107-mashq.
Gaplarni o‘qing. O‘xshatish etalonlarini aniqlang, ularning 
nutq ifodaliligidagi o‘rnini tushuntiring.
1. Qalay, maza qildingmi? – dedi chol Amirdan uch-to‘rt odim nari-
da to‘xtab, so‘ng kalladek keladigan toshga omonatgina o‘tir 
di. (Ulug‘bek 
Hamdam) 2. Hozir ini buzilgan chumoliday to‘zib, har kim o‘z boshi-
ni asrash bilan ovora. (Murod Mansur) 3. G‘anijon 
ning xotini tug‘may 
yurib-yurib, birdaniga qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib berdi. (Abdulla Qahhor) 
4. Ukajonim! Men senga shunday bir mo‘jiza suv opkeldimki! Ich 
ding – 
ertasiyoq toychoqday dikirlab ketasan! (Erkin A’zam) 5. To‘ygan
qo‘ziday 
bo‘lib o‘tirishini qarang! (P. Qodirov) 6. Den 
giz notinch, katta-katta 


91
to‘lqinlar mast tuyaday ko‘pirib, ke 
ma 
ni u yoqdan bu yoqqa uloqtirar 
edi. (P. Qodirov) 
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik 
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular 
ishtirokida gaplar tuzing.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin