Ona tili-11 sinf indd


-mashq. N. Mahmudov va D. Xudoyberganovaning «O‘zbek tili  o‘xsha  tishlarining izohli lug‘ati»dan olingan



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88
Ona tili 11 sinf

103-mashq.
N. Mahmudov va D. Xudoyberganovaning «O‘zbek tili 
o‘xsha 
tishlarining izohli lug‘ati»dan olingan 
o‘q
so‘zi 
ishtirokidagi turg‘un o‘xshatishlarning ma’nolariga diqqat 
qiling. O‘z mulohazalaringizni bayon qiling.
O‘qday (kabi, singari)
1. To‘g‘ri, adil. Asosan, egri bo‘lmagan ko‘cha, yo‘l va boshqa nar-
salar haqida: Hammasini yer yuzidan sidirib tashlab, o‘rniga bog‘-rog‘ga 
ko‘milgan, ko‘chalari 
o‘qday
 to‘g‘ri, oppoq, ko‘rkam qishloq barpo qildi. 
(O. Yoqubov, «Diyonat») 


89
2. To‘g‘ri. Rost, adolatli so‘z, shuningdek, g‘irromlikni bilmaydigan 
odam haqida: 
O‘qdek
to‘g‘ri bo‘lmoqlik, kibr-u havoga yo‘l ochmasligi 
lozim... – negadir o‘ylanib qoldi sohibqiron. (M. Ali, «Ulug‘ saltanat») 
3. Botmoq, tegmoq, teshib o‘tmoq, sanchilmoq, qadalmoq. Odamga qat tiq 
ruhiy azob bermoq. Asosan, gap-so‘z, o‘y-xayol haqida: Uning so‘z 
la 
ri 
garchi 
o‘q
 
kabi
botayotgan bo‘lsa-da, Elchin uchun yangilik emasdi. 
(T. Ma 
lik, «Shaytanat») U ketdi, ketdi-yu endi shum o‘ylar San chilave-
ra di qalbga 
misli
 
o‘q
. (A. O‘ktam, «U ketdi...»)
4. Uchmoq. Juda ham tez harakatlanmoq; zarb, shiddat bilan chiqib 
ketmoq.
Vatan, aylanarman bir keskir toshga, Qoshingga 
o‘q
 
kabi
uchib borar-
man. (R. Parfi, «Ona Turkiston») Bizdan uzr so‘rab, «pat-pat»iga o‘tir-
di-yu 
o‘qday
uchirib ketdi. (M. M. Do‘st, «Lolazor»)
5. Otilmoq. Keskin, shiddat bilan biror tomonga tashlanmoq; odam, 
jonivor va boshqa harakatlanuvchi narsalar haqida: Qamchi yeb o‘rganma-
gan uchqur bedov oldinga 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin