Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
Ona tili 11 sinf

DONO
 1 Aqlli, har narsani biladigan: Donolar dunyoni demish 
ko‘pkari, Boqing, O‘zbekiston dadil ot soldi! (A. Oripov) 2 Aqlsiz, ko‘p 
narsani bilmaydigan: Ammo oyog‘ining ostidan narini ko‘rmaydigan, va-
holanki, hayotdan faqat nuqson izlaydigan ayrim «dono» vaysaqilar, af-
suski, bor. (O‘. Usmonov)
KAmTArIN
 1 Juda kamtar, xokisor: Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam 
O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O‘par doim pe-
shonasidan. (E. Vohidov) 2 Juda maqtanchoq: Agar Kesakpolvonni nazarda 
tutib, shunday desangiz, adashasiz. Chunki u «kamtarin» banda qudrat 
bobida o‘zidan oldin faqat Asadbekni ko‘radi. (Tohir Malik)
XushBO‘yLIK
 1 Bir kun burun shovullab yog‘gan yomg‘ir va tong 
tarovati bois olam bag‘oyat chiroyli hamda tiniq, havo esa musaffo va 
xushbo‘y edi. Bu xushbo‘ylikni rasadxona ortidagi tog‘dan yelayotgan 
mayin shaboda olib kelardi. (Nabi Jaloliddin) 2 Qo‘lansa hidlilik, bad-
bo‘ylik: Bulardan bir qadoq sovun olmoq uchun yo dimog‘ni ro‘mol bilan 
bog‘lash kerak, yoki burunni yeng ichiga olib turish kerak. Dunyodagi 
hidlar ichida sovun bozorining hididay «xushbo‘ylik» jahonda bo‘lmasa 
kerak. (G‘afur G‘ulom)
shArOfAT
 1 Xosiyat, yaxshilik: Xolisan aytganda, shularning sharofa-
ti bilan qishda loyi, yozda tuprog‘i ko‘pchib yotadigan qo‘rg‘on ko‘chasi 
bir tekis qilib asfaltlandi, gaz quvuri keldi, kechalari chiroq o‘chib qol-
maydigan bo‘ldi. (Erkin A’zam) 2 Kasofat, yomonlik, kasr: Sharif Val-
lomatning «sharofati» bilan ishdan ketib, tish kavagiga bekitganini ham 
yeb-yitirib, hattoki bir-ikkita gilam 
larini ham sotib, shipshiydam uyda 
xotini-yu uchta bolasi bilan g‘arib bo‘lib o‘tirganini bilardi. (Murod Mu-
hammad Do‘st) 
husNIXAT
 1 Chiroyli yozuv: U kishi Ufa shahrida ta’lim olgan 
muallimani yollab onamni o‘qitgan ekanlar. Men oyimning pinjiga suqilib 



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin