Ona tili-11 sinf indd


-mashq. Berilgan misralarda  sor, burgut, lochin



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
Ona tili 11 sinf

93-mashq.
Berilgan misralarda 
sor, burgut, lochin
so‘zlarining qan-
day ma’noda qo‘llanganini tushuntiring, undagi ko‘chma 
ma’no nima asosda yuzaga kelganini yozma bayon qiling. 
O‘zingiz ham shunday ko‘chimlar qatnashgan misollarni 
yozib keling.
Ot minganda, qushlar kabi uchguvchi,
Erkin-erkin havolarni quchguvchi,
Ot chopganda, uchar qushni tutquvchi,
Uchar qushday yosh yigitlar qayerda?
Tog‘ egasi – sor, burgutlar qayerda? (Cho‘lpon)
Ahmad-u Muhammad, yonimga keling,
Farg‘ona, Xorazm sor, lochinlari! (E. Vohidov)
94-mashq.
Gaplarni o‘qing. Ko‘chimlarni aniqlang, ularning nutq 
ifodaliligini ta’minlashdagi ishtirokini izohlang.
1. Ammo siz hurmatlilarga ma’lumdirki, bizning shul Otabekdan o‘zga 
farzandimiz bo‘lmay, dunyoda o‘zimizdan keyin qoldiraturg‘an tuyoqimiz 
va ko‘z tikkan orzu-havasimiz, umid hadafimiz faqat shul Otabekdir. (Ab-
dulla Qodiriy) 2. Yuzlari tandirdan endi uzilgan nonday qizil, mo‘ylovli 


82
bir odam uloq boshiga keldi. Ana shu mo‘ylov bakovul bo‘ldi. (Tog‘ay 
Murod) 3. Vodoprovod yonidagi oshrayhondan bir shox sindirib olib, kaf-
tiga urdi. Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. (O‘. Umarbekov) 4. Kamarlar 
odatda tog‘ning belida, shamoldan pana, atrof yaxshi ko‘rinadigan yerda 
bo‘ladi. (Sh. Xolmirzayev)
95-mashq.
She’rni ifodali o‘qing. So‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash 
orqali nutq ta’sirchanligi ta’minlanishiga diqqat qiling.
Atirgul 
Gullar oqshom chog‘ida, o‘yga tolar emishlar,
Quyosh botgan tarafga, qarab qolar emishlar.
So‘ng barchasi subhidam sal iymanib, nozlanib,
Quyoshni kutar emish, sharq tomonga yuzlanib.
Faqatgina atirgul, sog‘inch dog‘lab ko‘ksini,
Quyoshi ketgan yo‘ldan olmas emish ko‘zini.
Ters tomondan kun chiqqach, to‘lib shabnam – ko‘z yoshga,
Hayrat-u araz bilan qayrilarmish quyoshga. (Mirzo Kenjabek)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik 
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular 
ishtirokida gaplar tuzing.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin