Ona tili-11 sinf indd


o‘tirmoq – bezovta bo‘lmoq, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88
Ona tili 11 sinf

o‘tirmoq – bezovta bo‘lmoq, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan 
– mo‘min, yuvosh; tegganga tegib, tegmaganga kesak ota-
digan – tegajoq, xira
juftliklaridagi iboralarning ifodalilik 
darajasi haqida fikrlashing.
88-mashq.
Berilgan parchadagi iboralarni toping. Ularning matn 
ifodalili 
gini ta’minlashdagi ishtirokini izohlang.
Uyat eng shafqatsiz qonundan ham kuchliroq, qudratliroqdir. Qonun 
faqat ko‘zi tushganda, shubha paydo qilgandagina jinoyatchining qo‘lini 
ushlaydi, yo‘lini to‘sadi. Uyat esa hamisha odobsiz, axloqsiz jinoyatchining 
tepasida turib, nojo‘ya ish qilish uchun qo‘l ko‘targani yo‘l qo‘ymaydi. 
Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib 
bo‘lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko‘ksi-
da bo‘ladi. (Abdulla Qahhor)
89-mashq.
Berilgan she’rdagi iboraning badiiy qimmatini baholashga 
harakat qiling.
Kapalakning kapalagi 

Qarang, qarang
Gulga qo‘ngan
Kapalakka,
Qachon ko‘rsam,
Uchib yurar
O‘zi yakka.
Bir yomon qush
Uni birdan
Quvib ketdi, 
Yetvoldi deb,
Yuraklarim urib ketdi...
Bu holatdan
Kapalak ham
Cho‘chib ketdi,
Kapalakning
Kapalagi 
Uchib ketdi.
(Po‘lat Mo‘min) 


79
1. 
Iboralar ifodalaydigan ma’nolar so‘z ma’nolaridan qanday farq 
qiladi?
2. Iboralarning obrazliligi haqidagi fikrlaringizni bayon qiling.
3. 
Nutq ifodaliligini ta’minlashda iboralarning ishtirokini misollar 
aso sida tushuntiring.
4. Ijodkorning iboralarni qo‘llashdagi mahorati haqida gapiring.
90-mashq.
O‘zingiz o‘qiyotgan badiiy asardan o‘nta frazeo logik ibora-
ni topib, gap ichida ko‘chiring. Bu iboralar bilan ma’no-
dosh bo‘lgan so‘zlarni aniqlang va iboralarning nutq ifo-
daliligini ta’minlashdagi ishtirokini izohlang.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin