77
Frazeologik iboralarning deyarli barchasi ekspressivlikka, obrazli-
likka, alohida ifodalilikka egadir. Masalan,
kutmagan so‘zi
yetti uxlab
tushiga kirmagan iborasi bilan ma’nodosh, ammo ibora ifodalilik
jihatidan so‘zdan ancha ustun. Yana qiyoslang:
o‘taketgan – uchi-
ga chiqqan; beqiyos (juda) – yer bilan osmoncha; albatta – turgan
gap; hech qa
chon – ikki dunyoda (ham); yashirin – yeng ichida.
Frazeologik iboralar o‘z ma’nodoshlari bo‘lmish so‘zlarga nisbatan,
birinchidan, ma’noni kuchli daraja bilan ifodalasa,
ikkinchidan,
ularda obrazlilik yorqin bir tarzda aks etadi.
Frazeologik iboralar turmushdagi turli voqea-hodisalarga guvoh
bo‘lish, kishilarning xilma-xil harakat-holatlariga baho berish, tajri-
balarini umumlashtirish asosida xalq
chiqargan aniq-tiniq xulosa-
larning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir. Shuning uchun ham ular
nutqning ifodaliligini ta’minlashda betakror vositalardir. So‘z san’ati-
ning ustalari tildagi bu vositalardan unumli foydalanadilar.
Iboralarning asosiy qo‘llanish o‘rni, yashash joyi, asosan,
badiiy
uslub dir. Ilmiy va rasmiy uslublarda esa iboralar deyarli qo‘llanmaydi.
Dostları ilə paylaş: