Ona tili-11 sinf indd


o‘tirib, husnixat mashq qilardim. (Said Ahmad) 2



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Ona tili 11 sinf

85
o‘tirib, husnixat mashq qilardim. (Said Ahmad) 2 Xunuk yozuv, badxat: 
Professor Mannopov vrachlarga xos «husnixat» bilan bloknotiga lotin alif-
bosida yozib qo‘ydi. (Said Ahmad)
98-mashq.
Berilgan gaplarda kinoyaviy ma’noda qo‘llangan so‘zlarni 
aniqlang, ularning nutq ifodaliligini ta’minlashdagi ishtiro-
kini izohlang.
1. Sen!.. – Toshbolta unga ham ikki og‘iz «shirin» gaplaridan aytmoq-
chi edi, qizining ko‘zlariga ko‘zi tushib, shashtidan qaytdi. (Tohir Malik) 
2. Maxdum o‘zining chekkan tashvishida haqli bo‘lib chiqdi. Anvarning 
tevaragida «xolis» maslahatgo‘ylar ham ko‘rinishib qoldilar. (Abdulla Qo-
diriy) 3. «O‘ttiz ikki tangadan soliq yig‘, emish... Bizning xalqni yer 
yutsin. Azizbekning tulkiligiga uchdi-da, uning kechagi zulmlarini unutdi, 
yetmish kunlab bir zamon jon berib, jon olib, nihoyat, xizmat haqqi 
uchun o‘ttiz ikki tanga «mukofot», eng keyingi burda noningni ham ber!» 
(Abdulla Qodiriy) 4. Xullas, podsho hazratlarining farmoniga muvofiq o‘n 
yetti yoshdan qirq yetti yoshgacha bo‘lgan yigitlar mardikorlikka olinishi 
kerak emish... Bunday «iltifot»ga viloyat boylari, mirshablar, mingboshilar 
panja orasidan qarasalar-da, bu aksar mehnat ahlining qonini qaynatib 
yubordi (J. Abdullaxonov) 5. Ovutish lozim bo‘lib qolsa, bittasini emas, 
hammasini ikkita «shirin» so‘z bilan «ovutib» tashlayman. (A. Muqimov)
99-mashq.
Matnni o‘qing. O‘z ma’nosiga zid holda qo‘llangan 
iboralar ma’nolarini izohlab, kinoya haqidagi fikrlaringizni 
yozma bayon qiling.
1. Ichkari tomondan uzun malla to‘n, oq salla, sag‘ri kavush kiygan, 
qo‘llarida ming donalik tasbeh, ko‘zlariga surma tortgan, ...mosh yegan 
xo‘rozday qizil yuzlaridan «nur yog‘ilib» turgan (o‘z da’volaricha) xast 
eshon tamannolik bilan yerni «minnatdor bo‘lsang, bosaman», deb chiqib 
keldilar. (G‘afur G‘ulom) 2. Hasancha bizning sinfdoshimiz edi. Katta-
lar uning otasini qancha «yaxshi ko‘rsa», biz ham Hasanchaga shunday 
edik... Birga o‘qib, yonma-yon birga yurgan odamingiz to‘satdan oldinga 
o‘tib nom qozonsa, kimga yoqibdi, ayting! (Erkin A’zam)



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin