83
96-mashq.
O‘zingiz o‘qiyotgan badiiy asardan ko‘chimlarga misollar
toping. Ko‘chimlarning turlarini ko‘rsating, ularning badiiy
qimmatini izohlang.
IfODALILIK VA KINOyA
Topshiriq.
Berilgan ikki gapda qo‘llangan
kichkina
so‘zining ma’no-
laridagi farqni izohlashga harakat qiling.
1. Arava yakka qanotli kichkinagina bir eshik oldida to‘xtab, aravakash
bola qamchi sopi bilan eshikni qoqqanda va ichkaridan bir kampirning
ingichka va jonsiz ovozi «Kim u?» deb so‘raganda,
odamlar bir uyquni
urgan edilar.
(Cho‘lpon) 2. Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab
qaynatasi – Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtafurush
cholning holiga ko‘p achindi va yerini
haydab olgani bitta emas, ikkita
ho‘kiz berdi, lekin «kichkinagina» sharti bor. Bu shart kuzda ma’lum
bo‘ladi...
(Abdulla Qahhor)
Nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligini
oshirishda kinoya ham alo-
hida o‘rin tutadi. Bunda so‘z yoki ibora o‘z ma’nosiga tamomila
qarama-qarshi bo‘lgan ko‘chma ma’noda ishlatiladi.
Kinoya so‘zlovchining tasvirlanayotgan narsa yoki tushunchaga
kesatiqli, pichingli, istehzoli, umuman,
subyektiv-kulgi aralash mu-
nosabatini ifodalash vositalaridan bo‘lganligi uchun ham so‘z yoki
iboraning to‘g‘ri ma’nosiga zid, ya’ni inkor, emotsional-ekspressiv
bo‘yoqli ma’no voqelanadi.
Bunday kinoyaviy ma’noning voqelanishida nutq vaziyati, kon-
tekst va intonatsiya ham alohida rol o‘ynaydi. Masalan,
Bugun
jug‘rofiya o‘qituv
chisi darsga kelmadi. Xomtok qilaman deb so‘ridan
yiqilib, oyog‘ini sindiribdi. Ajoyib «xushxabar»dan keyin bir zumda sinf
bo‘shadi-qoldi (Said Ahmad) parchasida
xushxabar so‘zi «shumxabar»
tarzidagi kinoyaviy ma’noda qo‘llangan.
Kinoyada so‘z yoki iboraning tildagi ma’nosi bilan nutqda re-
allashgan ko‘chma ma’nosi o‘rtasidagi zidlik kuchli ta’kid
oladi va
shunga ko‘ra birdaniga diqqatni jalb etadi.
84
Kinoyaviy qo‘llangan so‘z yoki ibora og‘zaki nutqda o‘ziga xos,
farqli intonatsiya bilan aytilsa, yozuvda ko‘pincha qo‘shtirnoq bilan
ajratiladi.
97-mashq.
N. Mahmudov va Y. Odilovning «O‘zbek
tili enantiosemik
so‘zlarining izohli lug‘ati»da tavsiflangan bir so‘zda namo-
yon bo‘lgan zid ma’nolarga diqqat qiling. O‘z ma’nosiga
zid holda ishlatilgan nutqiy ko‘chma ma’no asosida vo-
qelangan kino
yani izohlang.
Dostları ilə paylaş: