Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88
Ona tili 11 sinf

91-mashq.
Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidan olingan 
parchani o‘qing va ko‘chimlarni aniqlang, ularning ifo-
dalilik jihatidan qimmatini izohlang.
Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. 
Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi…
Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillari-
day selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning 
g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalar-da, bo‘shalgan qul 
singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘ochlar-
ning uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘rina boshladi. Birinchi ko‘ringan 
ko‘klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash’asini beradi. Bultur ekilib, 
ko‘p qoshlarni qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi… 
Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supa-
sida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! 


81
92-mashq.
Gaplarni o‘qing. Ularda metonimiya va sinekdoxa yo‘li 
bilan hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nolarni izohlang.
1. Undan keyin sizning dasturxoningizni solib, qo‘lingizga suv berib, 
qizingizning choklarini tikishib, xizmatingizni qilib yotardim! (Cho‘lpon) 
2. Toki g‘olib ekan muzaffar o‘lka, Sha’niga she’r aytmoq shoirga odat. 
(A. Oripov) 3. O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla 
bo‘lgani shudir. (E. Vohidov) 4. Balki, tush ko‘rganday qolursiz hayron, 
Eshitib Toshkentning sabr-u toqatin. (A. Oripov) 5. Sevgidan yetim-u 
umr 
dan yarim, Qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak. Abadiy firoqni, hay-
hot, do‘stlarim, Abadiy visol deb bildi kelinchak. (A. Oripov) 6. Bashirjon 
yoniga ag‘darildi: «Rahmatli chol to‘g‘ri aytarkan. Undan-ku, bir tirnoq 
– men qoldim. Yaxshimi-yomonmi, har qalay, ismini familiya qilib yu-
ribman». (N. Aminov)

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin