74
Izn bermoq – ruxsat bermoq;
raqam qilmoq – qayd qilmoq.
Nutq tinglovchi yoki o‘quvchiga jiddiy ta’sir qilishi uchun u ham
shaklan, ham mazmunan diqqatni o‘ziga jalb qila oladigan bo‘lishi
lozim. Ifodalilik sifatiga sohib bo‘lgan nutq
bunday vazifani bajarishi
mumkin. Bu kommunikativ sifat til vositalarini ifoda maqsadiga to‘la
muvofiq tarzda tanlash asosida yuzaga keladi.
Nutqning turli uslublari bu kommunikativ sifatga turli darajada
ehti
yoj sezadi. Masalan, rasmiy ish qog‘ozlarida ifodalilikka nisbatan
kamroq e’tibor qilinsa, ilmiy uslubda o‘rni
bilan bir qadar bu sifat
kerak bo‘ladi.
Ifodalilik, ayniqsa, badiiy nutqning zaruriy sifatlaridandir.
Tilda ifodalilikni ta’minlashga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda
ko‘p va xilma-xil. Bunday imkoniyat tilning barcha birliklarida
mavjud. Tilning tovush qurilishi, so‘z
xazinasi, morfologik shakllari,
sintaktik birliklari, intonatsiya kabilarning
har biri nutq ifodaliligi-
ning bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bulardan yetarli
xabardor bo‘lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta’minlashga qiynalmaydi.
80-mashq.
Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’riy parchalarni
o‘qing. Ulardagi nutqiy ifodalilikni ta’minlayotgan
leksik
va fonetik vositalarni aniqlang.
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Bo‘lar elning bolalari bir-birin der,
Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer.
Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib,
Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi...
81-mashq.
Matnni o‘qing. So‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash
orqali
nutq ifodaliligining ta’minlanishiga diqqat qiling.
Zebi yuragida tugilib yotgan zo‘r tugunni yechib yuborgan edi. Razzoq
so‘fining sovuq yuzlari uning ko‘zlaridan yiroqlashganlar; nasihat yo‘li
bilan minglarcha marta aytilgan va ta’kidlangan so‘zlar unutilgan;
sovuq
75
so‘filar
ning «harom» degan da’volari sinib, parcha-parcha bo‘lgan; to‘rt
devorning bu tutqun qizi o‘ziga o‘xshagan tutqunlardan boshqa hech bir
guvoh va tilchi bo‘lmagan shu keng dalaning quloch yetmas bag‘rida yil-
lardan beri tugilib kelgan alamlarini kuyga aylantirib, cheksiz bo‘shliqlarga
yoyib yuborgan edi.
(Cho‘lpon)
Dostları ilə paylaş: