Ona tili-11 sinf indd


yuragi orqasiga tortib ketmoq



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88
Ona tili 11 sinf

yuragi orqasiga tortib ketmoq
Bir lahza ich-ichidan qo‘rquv 
aralash qattiq hayajonlanmoq. Varianti: 
yuragi orqasiga urib ketmoq.
yuragi toshib ketmoq
Kechinmalari ichiga sig‘may, kimgadir 
aytish ehtiyoji tug‘ilmoq.


71
1. Nutqning og‘zaki va yozma shakllaridagi o‘ziga xosliklar haqida 
gapiring.
2. Nutqiy uslublarni tavsiflay olasizmi?
3. Har bir uslubning o‘ziga xoslangan birliklari to‘g‘risida so‘zlang.
4. Jo‘yalilikning badiiy uslubdagi o‘ziga xosliklarini tushuntiring. 
79-mashq.
Har bir nutqiy uslubning o‘ziga xoslangan til vositalarini 
tavsiflang, shu asosda yozma matn tuzing.
musTAhKAmLAsh
 
savollarga javob bering.
1. Nutqning boy yoki kambag‘alligi deganda nimani tushunasiz?
2. Nutqning boyligini ta’minlashda ishtirok etadigan til vositalarini 
bilasizmi?
3. Nutqning boyligini ta’minlashda ma’nodoshlikning o‘rni qan 
day? 
4. Takrorning badiiy nutqdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
5. Nutq jo‘yaliligi sifatining mohiyati nimadan iborat?
6. Nutqning jo‘yaliligini ta’minlashda so‘zlovchi va tinglovchining ma-
qomi, yosh xususiyatlari kabi jihatlarni hisobga olish kerakmi?
7. Nutqning jo‘yaliligi va uslublar munosabati haqida nimalarni bi lasiz?
8. Badiiy nutqda jo‘yalilikning o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishini 
qanday tushunasiz?
1-topshiriq.
Ardoqli adib O‘tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi 
bitiklar» kitobidan olingan matnni o‘qing. Badiiy maq 
sad 
bilan qo‘llangan leksik, grammatik va intonatsion takror-
ning nutq boyligini ta’minlashdagi o‘rniga diqqat qiling. 
Chegara 
Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko‘ra 
sholg‘om eksa, qozoniga tushadi-ku.
Odamzod nima uchun bulbul chax-chaxini eshitganda entikib ketadi? 
Undan ko‘ra bulbulni sho‘rvaga solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku.
Odamzod nima uchun osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni ko‘rib, 
ko‘ngli zavqqa to‘ladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillalar emas-ku!


72
Odamzod nima uchun kitob o‘qiyotib, suyukli qahramoni o‘lib qolsa 
yig‘laydi? Uni yozuvchi «ichidan to‘qib chiqargani»ni biladi-ku!
Odamzod nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Go‘dak alla 
eshitmasa uxlamaydimi?
Odamzod nima uchun nevarasini yetaklab necha zamon avval o‘tib 
ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi? Marhum ularni ko‘rmaydi-ku!
Gap shundaki, Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. 
Bu chegaraning nomi Ma’naviyat deb ataladi! 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin