Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
Ona tili 11 sinf

mulla
 
hamdam
. (S. Ravshanov) 
74-mashq.
Parchani o‘qing. Unda qo‘llangan xush kelibsiz iborasining 
nutq sharoitiga muvofiq emasligi natijasida yuzaga kelgan 
jo‘yasizlikni tushuntiring.
– Ijrokom qalay? – deb so‘radi Yaxshiboyev. – Yangiroq latifalardan 
bormi?
– Bor-u, lekin kulgilimas, – dedi To‘pori. – Hozir u kishi shiorga ruju 
qo‘y 
ganlar. Rayonda alvon ilinmagan go‘sha qolmadi hisob.
– Yaxshilari ham bordir?..
Kecha aytishdi, qabristonning tepasiga «Xush kelibsiz» deb yozilgan 
emish.
– Ahmoqmi u, uka? – dedi Yaxshiboyev kulgisini yig‘ishtirib. – Mi-
yasi chayqalgani yo‘qmi, ishqilib? (Said Ahmad)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik 
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular 
ishtirokida gaplar tuzing.
yuragini yormoq
 
I
Qattiq cho‘chitib qo‘rqitmoq. Ma’nodoshi: 
o‘takasini yormoq.
 O‘xshashi: 
kayfini uchirmoq.
yuragini yormoq
II
Ichidagi istak yoki dardini aytmoq. Varianti: 
ko‘nglini yormoq. 
1. Nutqning jo‘yaliligi sifatini ta’minlashda nimalarni hisobga olish 
lozim?
2. Jo‘yalilikni ta’minlashda sinonimlardan qanday foydalaniladi?
3. Kattalar bilan gaplashganda, buyruq ohangi o‘rinli bo‘lishi mum-
kinmi?
4. Jo‘yalilik va so‘z ma’nosining bo‘yog‘i haqida gapiring.
5. Yoshi ulug‘larga murojaat shakllari haqida so‘zlang.


68
75-mashq.
Berilgan maqollarda ifodalangan g‘oyaning to‘g‘ri 
ligini 
misollar asosida tushuntirib, matn tuzing. Maqollarni yod 
oling.
Jo‘yali so‘z jo‘yasin topar,
Jo‘yasiz so‘z iyasin (egasin) topar.
Jo‘yaga tuya ham cho‘kadi.
O‘rinli so‘zga tuya cho‘kadi, 
O‘rinsiz so‘zga hamma so‘kadi.
Suvni sep singar yerga,
So‘zni qil sig‘ar yerga.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin