Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88
Ona tili 11 sinf

NuTqNINg jO‘yALILIgI
 
Topshiriq.
 
Kaykovusning «Qobusnoma» asaridan olingan parchani 
o‘qing. Gapni o‘z joyini topib gapirishning foydasi haqi-
da fikrlashing. 
Tilingni yaxshi hunar bila o‘rgatg‘il va muloyim so‘zdin boshqa nar-
sani odat qilmag‘il. Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni 
aytur, so‘zni o‘z joyida ishlatg‘il, so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin 
ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop 
eshitilur. Shuning uchun behuda so‘zlamag‘ilki, foydasizdur. Bunday be-
foyda so‘z ziyon keltirur va har so‘zki undan hunar isi kelmasa, bunday 
so‘zni gapirmaslik lozim. Hakimlar debdurlar: «So‘z bir nash’adur, undan 
xumor paydo bo‘lur».
Nutq tuzishdan oldin bu nutqning jo‘yasini – munosib o‘rnini 
tasavvur qilish kerak. Har qanday nutq ifodalanmoqchi bo‘lgan 
axborotning mazmuni, tinglovchi yoki o‘quvchining yoshi, ijtimoiy 
maqomi, nutqning yozma yoki og‘zaki ekanligi, nutq vaziyatiga 
to‘la mos kelishi zarur, jo‘yalilik sifati shu asosda yuzaga keladi. 
Til vositalarini tanlashda shu jihatlar inobatga olinishi zarur.
Masalan, yaqin kishisini yo‘qotgan odamning hissiy-ruhiy holati 
ma’lum. Shunday odamdan ko‘ngil so‘rash, unga ta’ziya bildi 
rish 
uchun tuziladigan nutqda «o‘lmoq» ma’nosini ifodalash uchun 
aynan o‘lmoq so‘zini tanlash o‘rinli emas, bu so‘z so‘zlovchi va 
tinglovchi muloqotidagi mantiqiy-axloqiy munosabat ruhiga mos 
emas. Bu mazmundagi nutqning jo‘yaliligini ta’minlash maqsadi-
da mazkur so‘zning vafot etmoq, bo‘lmay qolmoq, o‘tib qolmoq, 
olam 
dan o‘tmoq, olamdan ko‘z yummoq, u dunyoga ketmoq kabi 
«yumshoqroq» muqobillari qo‘llanadi.
Kichkintoylar nutqida, masalan, Sog‘likda ko‘rishaylik! Omon 
bo‘lsak, albatta, ko‘rishamiz! kabi iboralar jo‘yalilik sifatidan mahrum 
bo‘ladi, chunki ular bola nutqi uchun mutlaqo xos emas. Bunday 
jumlalar kattalar, keksalar nutqidagina mazkur sifatni ola biladi.
Yoki Bolalarni tarbiyachi o‘z oldiga chaqirib, minnatdorchilik 
bildiradi gapida minnatdorchilik bildirmoq iborasi nojo‘ya qo‘llan-


66
gan, shu 
ning uchun bu nutqni jo‘yali deb bo‘lmaydi. Bog‘cha 
bolasi va tarbiyachi o‘rtasidagi yosh va maqom farqi mazkur 
iborani qo‘llashga monelik qiladi, bunday o‘rinda jo‘yalilik sifati 
rag‘batlantirmoq so‘zini ishlatishni taqozo etadi.
71-mashq.
Berilgan matnni o‘qing. Qaysi o‘rinda nutqning jo‘yaliligi 
bu zilganini aniqlang. 
– Kechirasiz, o‘zingizni tanishtirmadingiz.
– Asli farg‘onalikman. Ismim Kamola. Hozirda oilam bilan Tosh-
kentda yashayman.
– O‘z tug‘ilgan joyingdan olisda yashashning ham azoblari bor...
– Albatta. O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l 
deganlari haq ekan. («Xonadon» gazetasi)
72-mashq.
Berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar nutqning 
jo‘yali lik si fatini nima uchun buzayotganligi haqida fikrla-
ringizni bildiring.
1. Nimalar qilyapsiz, ona?! – o‘g‘li yolvoruvchan ovoz bilan 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin