Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88
Ona tili 11 sinf

77-mashq.
Parchani o‘qing. Diniy va’z uslubini so‘zlashuv uslubiga 
ko‘chirish natijasida yuzaga kelayotgan yumoristik kulgini 
izohlashga harakat qiling.
Vafo attor qiroat bilan so‘zlashga kirishdi.
– Qadim muftiy-u fuzalolar «Shariatda sharm yo‘q» deganlar, ya’ni 
«Shariat sharm nadorad». Bas, shunday erkan, shar’an bir masala ilmli, 
mullo kishilar ning fatvolari birlan hal etilg‘on vaqtlar ham bo‘lgandur. Alhol, 
sizga ko‘k eshak darkordurmu, Davron uka?
– Ha, ko‘k eshak kerak!
– Undoq bo‘lsa, besh daqiqa ichinda sizga ko‘k eshakni va yana 
homilali eshakni tayyorlab berurmiz.
Davron tog‘a bilan Bashirjon hang-mang bo‘lib qoldi...
Vafo attor unga yaqin kelib, kafti bilan kesib gapirdi:
– Mani sintim (yoshim) yetmish ikkida. O‘ttiz ikki pora kalomi sha-
rifni xatm qilganman. Mullo sifotinda shariat nomidan fatvo beramankim, 
shul maxluqi olloh, ya’ni xari badbaxt eshshakning rangi kabut, yani 
ko‘kdur va yana qornida homilasi bordur. (N. Aminov)
78-mashq.
Atoqli yozuvchi Said Ahmadning «Mushtipar» nomli 
teskari hikoyasidan olingan parchani o‘qing. Er va xo-
tinning maqomini atayin almashtirish natijasida, ya’ni 
nutqning jo‘yalilik sifatining buzilishi asosida yaratilgan 
o‘tkir kulgining mohiyatini tushuntiring.


70
U ichkuyov edi. Xotini ishga ketganda, idish-tovoqlarni yuvib, bolani 
kiyin tirar, kiyimlariga dazmol bosib, hammayoqni orasta qilib qo‘yardi. Bu 
orada un elab, xamir qorardi; sigir sog‘ib, qatiq ivitardi; qo‘l mashinasini 
shitirlatib, bolasiga har xil ko‘ylakchalar tikib qo‘yardi.
– Hoy, bolaga qarang, qanaqa ivirsigan kuyovsiz. Onangiz o‘lgur 
samovar qo‘yishniyam o‘rgatmapti-da. Hozirgi onalarga hayronman, o‘g‘il 
bola-ku birovning xasmi, hunar o‘rgatsa bo‘lmaydimi? Shuning uchun 
ham xotinga tegganda, kaltakdan boshi chiqmaydi.
Kuyov yelib-yugurib ish qiladi. Kir yuvib turib, ko‘pik yuqi qo‘li bilan 
qaynananing oyog‘ini uqalagani chopadi, bodom tuyib dokaga soladi-yu, 
bolaning og‘ziga tiqadi. Kelin halizamon ishdan kelib, samovarga chiqib 
ketadi. Ovqatga unnash kerak, kiyimlarini dazmollash kerak...
Er juda siqilib ketdi. Xotini ishdan kelganda, ko‘z yoshi qildi:
— Siqilib ketdim, javobimni bering, chiqaman.
Xotin do‘ng‘illadi:
— Qo‘yadigan erim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, ro‘zg‘orimizni bo‘lak qilib bering.
Xotinga bu gap malol keldi:
— Nomard qiz ona ro‘zg‘orini bo‘lak qiladi. Er topiladi, ona topil-
maydi.
Er hurpayib, ikki kun yig‘ladi. Oxiri, bolasini ko‘tarib, uydan chiqib 
ketdi. Bechora mushtipar er, bolani bag‘riga bosib, yig‘lab-yig‘lab onasi-
nikiga ketyapti. O‘g‘il bola yor-yor bilan uydan chiqib ketdimi, qo‘shgani 
bilan qo‘sha qarisin ekan, bola ko‘tarib, uyga qaytib kelgulik qilmasin 
ekan.
Onaga qiyin, qachon tengi chiqadi-yu, qachon uzatadi. Ammo bitta 
bolasi bilan qayoqqa ham sig‘ardi?
Ha, nomard xotin! 
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik 
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular 
ishtirokida gaplar tuzing.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin